Alimova Shahnoza Maqsudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Xorazm qipchoq shevalarining leksik-grammatik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1406.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Yuldash Matkarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bobojonov Farhod Qurbonboyevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Xorazm qipchoq shevalariga oid birliklarning leksik-grammatik xususiyatlarini, ularning o‘zbek adabiy tili hamda boshqa qipchoq shevalari bilan bog‘liqligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm qipchoq shevalarining boshqa o‘zbek qipchoq shevalaridan asrlar davomida tarixiy, ijtimoiy hamda siyosiy omillar asosida shakllangan leksik va morfologik hamda sintaktik o‘ziga xosliklar sabab vujudga kelgan grammatik jihatdan farq qiluvchi alohida sheva ekanligi isbotlangan;
Xorazm qipchoq shevalarida qo‘llanuvchi leksik-semantik dialektizmlarning genetik tarkibi aniqlanib, ularning ma’nolaridagi tilning tabiiy taraqqiyoti hamda lingvistik va ekstralingvistik jarayonlarda yuz beruvchi tadrijiy o‘zgarishlar boshqa qipchoq guruhi turkiy tillariga qiyoslangan holda ochib berilgan;
Xorazm qipchoq shevalari lug‘at tarkibining asl turkiy va o‘zlashma qatlamlari aniqlanib, bu qatlamlarning shevalar leksik fondining mavzu guruhlaridagi nisbati o‘zgaruvchan bo‘lishi, olinmalarning xalq turmush tarziga mos ravishda kirib kelishi kabi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
Xorazm qipchoq shevalari so‘z boyligini O‘zbekistonning boshqa mintaqalaridagi qipchoq shevalari bilan qiyoslash asosida ularning o‘zaro farq va umumiyliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan munosabatlari aniqlanib, bir millat vakillari sifatida har qanday vaziyatda saqlanib qolgan mushtarak leksik-grammatik birliklari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm qipchoq shevalarining leksik-grammatik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
Xorazm qipchoq shevalarining boshqa o‘zbek qipchoq shevalaridan asrlar davomida tarixiy, ijtimoiy hamda siyosiy omillar asosida shakllangan leksik va morfologik hamda sintaktik o‘ziga xosliklar sabab vujudga kelgan grammatik jihatdan farq qiluvchi alohida sheva ekanligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 16-avgustdagi 297/3-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududi azal-azaldan yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga ega bo‘lib, bu hududlarda qipchoq lahjasi vakillari istiqomat qilishi mazkur hududlarda yashovchi qipchoq lahjasi vakillari so‘zlarini tadqiq qilishda keng imkoniyat yaratishi, shuningdek Xorazm vohasi qipchoq shevalarini tadqiq qilishda hamda ikkala hudud vakillarining tilini qiyosan o‘rganishda muhim amaliy va nazariy ahamiyatga egaligi dalillangan;
Xorazm qipchoq shevalari so‘z boyligini O‘zbekistonning boshqa mintaqalaridagi qipchoq shevalari bilan qiyoslash asosida ularning o‘zaro farq va umumiyliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan munosabatlari tahlil qilinib, bir millat vakillari sifatida har qanday vaziyatda saqlanib qoluvchi mushtarak leksik-grammatik birliklar haqidagi xulosalardan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 23-iyundagi 221/3-son ma’lumotnomasi). Xususan, mazkur tadqiqotda amalga oshirilgan qipchoq shevalaridagi leksik-grammatik tahlili natijasida olingan ilmiy xulosalar akademiya elektron kutubxona bazasiga taqdim qilinib, Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududi azal-azaldan yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga egaligi bois, bu hududlarda qipchoq lahjasi vakillari so‘zlarini tadqiq qilishda va ikkala hudud vakillarining tilini qiyosan o‘rganishda muhim amaliy va nazariy asoslangan holda o‘zbek va qoraqalpoq tiliga xos dialektizmlar Xorazm qipchoq shevalari materiallari misolida dalillanishiga imkon bergan;
Xorazm qipchoq shevalarida qo‘llanuvchi leksik-semantik dialektizmlarning genetik tarkibi aniqlanib, ularning ma’nolaridagi tilning tabiiy taraqqiyoti hamda lingvistik va ekstralingvistik jarayonlarda yuz beruvchi tadrijiy o‘zgarishlar boshqa qipchoq guruhi turkiy tillariga qiyosiga oid tahlillardan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022-yil 25-apreldagi 85/1-22-son ma’lumotnomasi). Natijada grant bazasiga kiritilgan qo‘lyozma va hujjatlar tadqiqida sheva materiallari asosli manba bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
Xorazm qipchoq shevalari lug‘at tarkibining asl turkiy va o‘zlashma qatlamlari aniqlanib, bu qatlamlarning shevalar leksik fondining mavzu guruhlaridagi nisbati o‘zgaruvchan bo‘lishi, olinmalarning xalq turmush tarziga mos ravishda kirib kelishi kabi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan materiallardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”, “Assalom Xorazm” dasturining “Suhbatdosh” ruknidagi eshittirishlarning senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2022-yil 29-iyuldagi 1027-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan.