Berdiyeva Zebo Uralovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi o‘zbek she’riyatida badiiy ko‘chimlarning o‘ziga xos xususiyati va g‘oyaviy-estetik vazifalari (R.Parfi, A.Mahkam, H.Ahmedova va N.Afoqova asarlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2868.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘aniev Ilhom Muzafarovich, filologiya fanlari doktori.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD. 03/31. 03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Muhiddinova Nazmiya Muslihiddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ernazarova Gulnoza Hamrayevna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek lirik she’riyatida badiiy ko‘chimlar mavqeining ortishi, ularning ado etayotgan g‘oyaviy-badiiy vazifalarini aniqlash, milliy she’riyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Jahon va hozirgi milliy adabiyoshunoslikda badiiy ko‘chim haqida bayon qilingan deskriptor, kognitiv-diskurs, lingvopoetik, aksiologik va psixolingvistik kuzatishlar asosida shakl va mazmun uyg‘unligi, obrazli fikr va tadirjiylikning zamonaviy she’riyatda individual va tipik qo‘llanilishi yoritilgan; 
jahon poeziyasi va milliy she’riyatda, barcha adabiy turlarga oid asarlarda qo‘llanadigan universal ko‘chim turlari: metafora, metonimiya va sinekdoxaning spesifik an’anaviylik va novatorlik tabiati dalillangan; 
hozirgi o‘zbek adabiyotida obrazlilikning kuchayishi, badiiy ko‘chimlar mavqeyining ortishi, bu hodisaning to‘laqonli obyektiv va subyektiv sabablari, ko‘chimlar va janrlar modifikatsiyasi aniqlangan; 
badiiy ko‘chimlarning umumshe’riyat poetik sathidagi o‘rni va roli individual uslub va poetik mahorat masalalari Rauf Parfi, Asqar Mahkam, Halima Ahmedova va Nodira Afoqova ijodi misolida milliy she’riyat istiqbolidagi ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek she’riyatida badiiy ko‘chimlarning o‘ziga xos xususiyati va g‘oyaviy-estetik vazifalari (R.Parfi, A.Mahkam, H.Ahmedova va N.Afoqova asarlari misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Jahon va hozirgi milliy adabiyoshunoslikda badiiy ko‘chim haqida bayon qilingan deskriptor, kognitiv-diskurs, lingvopoetik, aksiologik va psixolingvistik kuzatishlar asosida shakl va mazmun uyg‘unligi, obrazli fikr va tadirjiylikning zamonaviy she’riyatda individual va tipik qo‘llanilishi haqidagi xulosalardan FA-F1,G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janr va turlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021-yil 20-maydagi 17.01/136-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy ko‘chimlarning janriy xususiyatlaridan foydalangan holda loyiha ishida nazariy umumlashmalar chiqarish imkonini bergan;
hozirgi o‘zbek adabiyotida obrazlilikning kuchayishi, badiiy ko‘chimlar mavqeyining ortishi, bu hodisaning to‘laqonli obyektiv va subyektiv sabablari, ko‘chimlar va janrlar modifikatsiyasi natijalariga oid xulosalardan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihasida (2017-2020)–yillarda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 12-oktabrdagi 01/4-28/7-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi o‘zbek adabiyotida obrazlilikning kuchayishi va badiiy-estetik g‘oyani voqealantirishda badiiy ko‘chimlarni aniqlashtirish imkonini bergan;
badiiy ko‘chimlarning umumshe’riyat poetik sathidagi o‘rni va roli individual uslub va poetik mahorat masalalari Rauf Parfi, Asqar Mahkam, Halima Ahmedova va Nodira Afoqova ijodi misolida milliy she’riyat istiqbolidagi ahamiyati haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining ”Kun mavzusi” ma’naviy-ma’rifiy dasturida foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2022-yil 17-yanvardagi 01-15/48-son ma’lumotnomasi). Natijada tahlillarning jonli va qiziqarli ekani hozirgi badiiy ko‘chim masalalarini ilmiy-nazariy aspektda ochib berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish