Saidmuradova Saxiba Jalmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nazar Eshonqul asarlarida badiiy psixologizm”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FiI2073.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Normat Temirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Qahramonov Qurdosh Yalgashevich, filologiya fanlari doktori, professor; Imomova Gulchehra Muhammadievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nazar Eshonqul asarlarida ifodalangan badiiy psixologizm hodisasini yondosh adabiy tushunchalar bilan uyg‘unlikda ochib berish hamda shu orqali adib ijodining milliy adabiyot taraqqiyotidagi o‘rnini, komil insonni tarbiyalashdagi amaliy ahamiyatini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotda psixologik tasvirning imkoniyatlari va o‘zbek adabiyotidagi psixik hodisaning subyektiv-obyektiv shakllari, psixologik tasvir tamoyillarining xarakter yaratishdagi o‘rni, ilmiy-amaliy ahamiyati, uning o‘zbek nasri namunalarida badiiy-psixologik joriylanishi kabi masalalar N.Eshonqul asarlarida psixologik vositalar - ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret, hislarning tashqi ekspressiyasi vositasida dalillangan;
Nazar Eshonqulning hayot haqiqatini ijodiy qayta ishlab badiiy haqiqatga aylantirishda, shuningdek, milliy xarakter yaratishda badiiy psixologizmdan foydalanish mahorati aniqlangan;
Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li yohud hayot suvi” romanida badiiy obraz genezisi va takomili, tasvirda psixologik imkoniyatlarning personajlar ruhiyatini ochishdagi o‘rni asoslangan;
badiiy adabiyotda psixoanalitik metodning shaxs va jamiyat, shaxslararo munosabatlarni yoritishdagi ilmiy-nazariy ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nazar Eshonqul asarlarida badiiy psixologizm masalalarini yoritishga oid xulosalardan:
Nazar Eshonqulning hayot haqiqatini ijodiy qayta ishlab badiiy haqiqatga aylantirishda, shuningdek, milliy xarakter yaratishda badiiy psixologizmdan unumli foydalanishi va serqirra mahorati masalalarini yoritish natijalaridan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XVIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihasining uchinchi bosqichidagi rejalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 12-oktabrdagi 01/4-2816-son ma’lumotnoma) Natijada, loyiha ishida Nazar Eshonqul asarlarida badiiy psixologizm ifodasi masalalari bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarishga erishilgan;
adabiyotda psixologik tasvirning imkoniyatlari va o`zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, ilmiy-amaliy ahamiyati, uning o‘zbek nasri namunalarida badiiy-psixologik joriylanishi kabi masalalar N.Eshonqul asarlari misolida badiiy tahlil qilinganligi kabi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1, G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janr hamda turlarining nazariy masalalarini tadqiq etish”; FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzularidagi fundamental tadqiqot loyihasida (asosan maqola va tezislaridan) foydalanilgan (’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo’limining 2022-yil 16-martdagi 7.01/117-son ma’lumotnomasi) Natijada, Nazar Eshonqul asarlarida badiiy psixologizm masalalari bo‘yicha mukammallikka erishilgan;
Nazar Eshonqul nasrida badiiy psixologizm ilmiy-tadqiqot natijalaridan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Kun mavzusi” dasturida “Najot ilmda. Nazar Eshonqul asarlarida badiiy psixologizm” nomli ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2021- yil 21-apreldagi 01-15/422-son ma’lumotnomasi.) Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ushbu ko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar mazmunining mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy- ommabop bo‘lishiga erishilgan.