Raimnazarova Nasiba Xoliyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida shevaga oid so‘zlarning berilishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil1551.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Sharifjon Yoqubov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Pardayev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek shevalariga oid leksik birliklarning umumfilologik izohli lug‘atdagi leksikografik talqini va tavsiflarini mukammallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi shevaga oid monosemantik va polisemantik so‘zlarning qiyosiyi uch tamoyilga - omonim, sinonim, antonim, paronim, tub va yasama hamda o‘z va o‘zlashgan qatlam birligiga ko‘ra izohli lug‘atlarda berilmaganligi, ammo shevalarda uchraydigan ko‘plab leksik birliklar mavjudligi, izohli lug‘atlarda aks etgan shevaga mansub leksemalarning struktur va etimologik kelib chiqishi aniqlangan;
shevaga oid so‘zlarning lug‘aviy, morfologik xususiyatlariga qo‘shimcha tavsif berish, qo‘llanish doirasini aniqlashtirish, so‘zlar yordamida tasvirni kengaytirish uchun illyustrativ misollar berishning ilmiy-nazariy va leksikografik ahamiyati dalillangan.
o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida shevaga oid so‘zlarning genetik-etimologik, leksik-semantik tavsifini mukammallashtirish, lug‘at maqolalarida dialektel leksik birlik ma’nosini to`liq va batafsil ifodalash, ushbu leksemalarning dialektal fonetik o‘zgarishlardagi turli shakllarining izohi, funksional imkoniyatlari, shevadagi ma’nodoshlari, so‘zning qo‘llanish o‘rinlari aks etgan leksikografik tamoyillar asoslangan;
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi dialektal so‘zlarning leksikografik talqin va tavsiflarini kuzatish jarayonida ularni yanada takomillashtirish zarurati aniqlanib, dialektal so‘z, uning adabiy tildagi sinonimi, dialektal ma’nodoshlari, dialektal fonetik o‘zgarishlardagi versiyasi va variatsiyalari izohi, funksional imkoniyatlari, qo‘llanish chegarasi, dialektal birlikning adabiy tildagi izohini umumfilologik lug‘atlarda berish asoslari belgilab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili izohli lug‘atlaridagi shevaga oid so‘zlarning leksikografik talqini va tavsifi yuzasidan olingan ilmiy tahlil, xulosa hamda natijalar asosida:
o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi shevaga oid monosemantik va polisemantik so‘zlarning qiyosiy tahlili uch tamoyilga: omonim, sinonim, antonim, paronim; tub va yasama hamda o‘z va o‘zlashgan qatlam birligiga ko‘ra tadqiq etilganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 19-apreldagi 17-01/85-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili leksikasidagi so‘zlarning semantik, etimologik, struktur xususiyatlarini tavsiflash, xalq maqollari leksik tarkibiga doir tahlillarning ilmiy asoslangan holda taqdim etilish imkonini bergan;
shevaga oid so‘zlarning lug‘aviy, morfologik xususiyatlariga qo‘shimcha tavsif berish, qo‘llanish doirasini aniqlashtirish, so‘zlar yordamida tasvirni kengaytirish uchun illyustrativ misollar berishning ilmiy-nazariy va leksikografik ahamiyati dalillangan tavsiyalar va xulosalaridan (asosan, e’lon qilingan maqola va tezislardan) davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy Nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 10-apreldagi 01/4-2738-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida e’lon qilingan XIII asrga qadar bo‘lgan turkiy yozma manbalarda uchraydigan dialektal xarakterdagi leksikaning struktur-etimologik talqiniga doir ilmiy maqolalar asosli dalillar bilan boyitilgan;
o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida shevaga oid so‘zlarning genetik-etimologik, leksik-semantik munosabatlarga ko‘ra tavsifini mukammallashtirishga doir berilgan tavsiyalar, lug‘at maqolalarida dialektel leksik birlik ma’nosini oydinlashtirishga, mukammallashtirishga xizmat qiluvchi ushbu leksemaning dialektal fonetik o‘zgarishlardagi turli shakllarining izohi, funksional imkoniyatlari, shevadagi ma’nodoshlari, so‘zning qo‘llanish o‘rinlari aks etgan leksikografik tavsiyalar va xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 06-apreldagi 06-39-752-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mavzusi doirasidagi ma’lumotlarning ma’rifiy, ilmiy va amaliy jihatdan boyishiga erishilgan.