Umirzaqov Qodirjon Toyirjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘lchov – daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning qiyosiy – tipologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2999.     
Ilmiy rahbar: Yakubov Jamoliddin Abduvaliyevich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Shermatov Akram Abduhakimovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ingliz va o‘zbek tillardagi ikki predikatsiyali (bipredikativ) o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning nominativ, kommunikativ, tarkibiy-mazmuniy (struktural-semantik), funksional-pragmatik va antroposentrik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘lchov-daraja munosabatlarini ifodalovchi birliklar nomenklaturasi aniqlanib, ular o‘rtasida mavjud o‘lchov-daraja munosabatini ifodalovchi vositalarning umumiy miqdori, umumiy hamda xususiy struktural-semantik, funksional-pragmatik o‘xshashliklari va farqlari dalillangan; 
o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar komponentlarining sintaktik paradigmasi, stilistik xususiyatlari, ulardagi ellipsis, parsellyasiya hodisalarining pozision xususiyatlari, komponentlarini bog‘lovchi leksik va stilistik vositalar, ellipsis va parsellyasiya hodisalarining kontekstual namoyon bo‘lishi, o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning asimmetrik tabiati ochib berilgan;
o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning ingliz tilida uchta va o‘zbek tilida yettita sintaktik omonimik modellari mavjud ekanligi aniqlangan;
o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning transferensiyasidagi maqbul usullari va yo‘llari aniqlanib, o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarni til o‘rganuvchilarga o‘rgatishning intensiv, til va nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tillararo ekvivalentligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning qiyosiy-tipologik tadqiqi asosida:
o‘lchov-daraja munosabatlarini ifodalovchi birliklar nomenklaturasi, ular o‘rtasida mavjud o‘lchov-daraja munosabatini ifodalovchi vositalarning umumiy miqdori, umumiy hamda xususiy struktural-semantik, funksional-pragmatik o‘xshashliklari va farqlari haqida olingan natijalardan Yevropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-Uk-EPPkA2-CBHE-SPERASMUS + SVNE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” (2016-2018) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 1 fevraldagi 167/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchilarning lingvo, sotsiopragmatik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalaridagi bilimlari oshgan;
o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar komponentlarining sintaktik paradigmasi, stilistik xususiyatlari, ulardagi ellipsis, parsellyasiya hodisalarining pozision xususiyatlari, komponentlarini bog‘lovchi leksik va stilistik vositalar, ellipsis va parsellyasiya hodisalarining kontekstual namoyon bo‘lishi, o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning asimmetrik tabiati to‘g‘risida olingan ilmiy xulosalardan 2014-2015 yillardagi I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 1 fevraldagi 168.30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taqdiqotda o‘lchov-daraja munosabatini ifodalovchi lisoniy vositalarning umumiy yig‘indisi berildi va o‘lchov-daraja semantik maydoni o‘natildi hamda ushbu semantik maydon konstituyentlariga “sifat yoki miqdoriy o‘lchov+harakat, holat, jarayon yoki belgi darajasi” ikki qismli semantik qurilmasining xosligi aniqlangan;
o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning transferensiyasidagi maqbul usullari va yo‘llari aniqlanib, o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarni til o‘rganuvchilarga o‘rgatishning intensiv, til va nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimiga asoslangan tillararo ekvivalentligini tadqiq etish, interferensiyaga sabab bo‘luvchi omillarning mohiyati yoritib berilishidagi bugungi kun uchun ahamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, radio eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 20 dekabrdagi 04-25-1911-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan medial materiallar mazmun jihatdan mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish