Iplina Antonina Aleksandrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy malumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «XX asr 70-80 yillar o‘zbek she’riyati tarjimasi xususiyatlari (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali, Omon Matchon she’riyatining ingliz va rus tili tarjimalarining materiallari asosida)», 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/Fil2758.
Ilmiy rahbar: Sodiqov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dosent.
Dissertasiya bajarilgan muasassa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Kulmamatov Do‘stmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmirzayev Baxtiyor Mirzamaxmudovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 70-80-yillari o‘zbek she’riyatining ingliz va rus tillariga she’riy tarjimasi xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr 70-80-yillari o‘zbek she’riyatining yorqin namoyondalari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Motchon va Muhammad Ali ijodidagi yuksak ramziylik va badiiy pafos sovetlar mafkurasi qoliplarinining izchillik bilan buzulishiga qaratilganligi kabi xususiyatlar ijodkorlarning asliy va tarjima matnlari asosida isbotlangan;
ingliz tiliga badiiy tarjima qilish jarayonida Erkin Vohidovning 4+5 tizimli barmoq vaznidagi she’rlari 9 bo‘g‘inli, 4 turoqli xorey bilan; Abdulla Aripovning 6+5 tizimli barmoq vaznidagi she’rlari 8 yoki 9 bo‘g‘inli, 4 turoqli xorey yoki yamb bilan; Muhammal Alining 4+5 tizimli barmoq vaznidagi she’rlari 9 bo‘g‘inli, 4 turoqli xorey bilan; Omon Matchonning ruboiy unsurlariga ega bo‘lgan to‘rt 4+5 tizimli barmoq vaznidagi she’rlari 7 bo‘g‘inli, 4 turoqli xorey bilan tarjima qilinganligi dalillangan;
Abdulla Oripov she’riy asarlari uslubiy o‘ziga xosligini ingliz tilida qayta yaratishda ularni ikki satrga bo‘lib olish yoki rus tiliga o‘girishda leksik birliklarni tushurib qoldirish yohud qo‘shish usullaridan foydalanish kerakligi asoslangan;
Abdulla Oripov asarlarining rus va ingliz tillariga she’riy tarjima qilishda shakl va mazmun birligini saqlashning semantik, leksik va strukturaviy usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX-asrning 70-80-yillari o‘zbek she’riyatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari E.Vohidov, A.Oripov, O.Matchon, M.Alining ingliz va rus tillariga tarjimasi xususiyatlarini o‘rganish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
ingliz tiliga badiiy tarjima qilish jarayonida Erkin Vohidovning 4+5 tizimli barmoq vaznidagi she’rlari 9 bo‘g‘inli, 4 turoqli xorey bilan; Abdulla Aripovning 6+5 tizimli barmoq vaznidagi she’rlari 8 yoki 9 bo‘g‘inli, 4 turoqli xorey yoki yamb bilan; Muhammal Alining 4+5 tizimli barmoq vaznidagi she’rlari 9 bo‘g‘inli, 4 turoqli xorey bilan; Omon Matchonning ruboiy unsurlariga ega bo‘lgan to‘rt 4+5 tizimli barmoq vaznidagi she’rlari 7 bo‘g‘inli, 4 turoqli xorey bilan tarjima qilinganligi asosidagi xulosalardan FA-F1-G040 “O‘zbek adabiyoti qiyosiy-solishtirma adabiyoshunoslik aspektida: tipologiya va ta’sirlar”, fundamental loyihasida tatbiq qilinib, 2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihada belgilangan vazifalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021-yil 16-avgustdagi 3/1255-2253-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani amalga oshirish jarayonida 70-80 yillar o‘zbek she’riyatining ingliz va rus tillariga she’riy tarjimasi xususiyatlarini aniqlash va qiyosiy o‘rganish bo‘yicha dissertantning kuzatishlari, qiyosiy-solishtirma adabiyoshunoslikning muhim jihatlarini yoritishga xizmat qilgan;
XX asr 70-80-yillari o‘zbek she’riyatining yorqin namoyondalari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Muhammad Ali ijodidagi yuksak ramziylik va badiiy pafos sovetlar mafkurasi qoliplarinining izchillik bilan buzulishiga qaratilganligi kabi xususiyatlar ijodkorlarning asliy va tarjima matnlari asosida dalillab berilgani asosida olingan xulosalardan Namangan viloyati Radiokompaniyasi tomonidan 2018 yil mart oyida efirga uzatilgan, “O‘zbekiston umumiy uyimiz” teleko‘rsatuvida foydalanilgan (Namangan viloyati teleradiokompaniyasining 2019-yil 31-yanvardagi 08-02-07-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmuni muammoga nisbatan yangicha qarashlar va nuqtai nazarlar bilan boyitilgan;
Abdulla Oripov she’riy asarlari uslubiy o‘ziga xosligini ingliz tilida qayta yaratishda ularni ikki satrga bo‘lib olish yoki rus tiliga o‘girishda leksik birliklarni tushurib qoldirish yohud qo‘shish usullaridan foydalanish kerakligi haqidagi fikrlardan hamda adib asarlarining rus va ingliz tillariga she’riy tarjima qilishda shakl va mazmun birligini saqlashning semantik, leksik va strukturaviy usullari aniqlash orqali olingan xulosalardan “O‘zbek she’riyati” nomli zamonaviy o‘zbek shoirlarining she’riy asarlari to‘plamini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 01-03-07/77-son 2019-yil 28-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada mazkur to‘plam O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi tomonidan ijodiy ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy-amaliy qo‘llanma sifatida foydalanilgan.