Xolmuminov Ziyadulla Amirovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mamlakat eksport salohiyatini moliyaviy vositalar orqali rivojlantirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt.1913
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mamlakat eksport salohiyatini moliyaviy vositalar orqali rivojlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining bank hisob varag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’iy nazar hisobga olish tizimini joriy etish lozimligi asoslangan;
chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar yoki «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimi bo‘yicha tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlamagan import qiluvchilar uchun jarima miqdorlarini kamaytirish taklifi;
oxirgi o‘n ikki oy davomida 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishi ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish taklif etilgan;
o‘zaro aloqador taraflarning umumiy foydasini kam soliq to‘lanadigan davlatlarda (hududlarda) bo‘lgan shaxslar foydasiga transfert narxlarni qo‘llash yo‘li orqali soliqlar to‘lashni kamaytirish holatlarini bartaraf etish maqsadida soliq qonunchiligida transfert narxlarni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mamlakat eksport salohiyatini moliyaviy vositalar orqali rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining bank hisob varag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’iy nazar hisobga olish tizimini joriy etish lozimligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi PF-5231-son “Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 18/1-64670-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘tgan yil davomida 482 ta to‘qimachilik korxonalariga taxminan 2 trillion so‘m miqdorida hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi eksportdan valyuta tushumini kutmasdan qaytarib berilgan;
chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar yoki «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimi bo‘yicha tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlamagan import qiluvchilar uchun jarima miqdorlarini kamaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-son “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 18/1-64670-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yil 1 may holatiga chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan 3 559 ta sub’ektlarga hisoblangan 3 044,3 mlrd.so‘m (289,3 mln. AQSh dollari) miqdoridagi moliyaviy jarimalar kamaytirildi va 7 809 ta sub’ektlarning 2,2 mlrd. dollar miqdordagi debitor qarzdorliklari muddati o‘tmagan deb hisoblanib, ularning yuzaga kelishi 2022 yilning 1 mayidan yangidan hisoblangan;
oxirgi o‘n ikki oy davomida 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishi ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentyabrdagi PF-6306-son “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/04-02-32/2217-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish imkoniyati yaratilgan;
o‘zaro aloqador taraflarning umumiy foydasini kam soliq to‘lanadigan davlatlarda (hududlarda) bo‘lgan shaxslar foydasiga transfert narxlarni qo‘llash yo‘li orqali soliqlar to‘lashni kamaytirish holatlarini bartaraf etish maqsadida soliq qonunchiligida transfert narxlarni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 18/1-64670-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasida kamaytirilgan narxlarni belgilash orqali soliqdan qochish holatlari bartaraf etilib, respublikamizda amalga oshiriladigan barcha oborotlarga belgilangan tartibda bozor narxlaridan kelib chiqib soliq hisoblanib, undirish tartiblari takomillashgan. Bu o‘z navbatida, byudjet daromadlarining barqarorlashtirishga imkoniyatlar yaratgan.