Xalilov Muxiddin Shakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik ijtimoiy funksiyasining nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt397 
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nabiyev Elshod Ganiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidkarimova Matlyuba Ishanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni isloh qilish jarayonida tadbirkorlikni ijtimoiy funksiyasi ko‘lamini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tadbirkorlikning ijtimoiy funksiyasi” kategoriyasi mazmuni jamiyat a’zolarining yetarli darajada turmush faoliyati hamda shaxsiy kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashning muntazam ravishda takror hosil qilish tavsifini kiritish asosida takomillashtirilgan;
hududda yangi ish o‘rinlarini yaratishda mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kooperatsion jarayonlarni ilgari surish bo‘yicha biznes rejaga ega yetakchi tadbirkorlarga davlat jamg‘armalari tomonidan 75 foizgacha kafillik berish taklif etilgan;
kasanachilik tadbirkorligini rag‘batlantirish maqsadida ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarni kasanachilik tadbirkorligini amalga oshirishlari uchun asbob-uskuna, jihozlar sotib olishda ularga sarflanadigan xarajatlarning 50 foizgacha bo‘lgan qismini subsidiya ko‘rinishida qoplash taklif etilgan;
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni muvofiqlashtirish orqali 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ijtimoiy funksiyasini kengaytirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
“tadbirkorlikning ijtimoiy funksiyasi” kategoriyasining mazmun-mohiyati ochib berilgan, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy jarayonlarni samarali amal qilishida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ijobiy hal etishdagi ustunliklari aniqlangan va yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan, “tadbirkorlikning ijtimoiy funksiyasi” tushunchasining ta’rifi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan «Davlat iqtisodiyoti va siyosati» nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i; ro‘yxatga olingan raqami №356/7-3314). Buning natijasida talabalarda tadbirkorlikning ijtimoiy funksiyasi, zamonaviy tadbirkorga qo‘yilgan talablar va funksiyalarni aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan; 
yetakchi tadbirkor sifatida namoyon bo‘lgan, ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratib yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kooperatsion jarayonlarni ilgari surish bo‘yicha biznes rejaga ega tadbirkorlarga davlat jamg‘armalari tomonidan kaffillik berish tartibi bo‘yicha taklifidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 avgustdagi 504-son “Hududlarda «mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 fevraldagi 11/02-12-1335-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida yetakchi tadbirkorlik sub’ektlariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik berilishi belgilangan;
tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarni kasanachilik tadbirkorligini amalga oshirishlari uchun asbob-uskuna, jihozlar sotib olishda subsidiya ko‘rinishidagi moddiy yordam ko‘rsatish taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi 596-son “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 fevraldagi 11/02-12-1335-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona ryestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilgan; 
tadbirkorlikni ijtimoiy funksiyalarini nazariy asoslarini takomillashtirish sharoitida unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni muvofiqlashtirish orqali 2030 yilgacha prognoz ishlab chiqilgan. Mazkur prognoz Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 83-son “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori milliy maqsad va vazifalarga erishilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan yo‘l haritasiga kiritilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 13 fevraldagi 11/02-12-1335-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy prognoz tadbirkorlikni kengaytirish orqali ishsizlik darajasini 2% atrofida pasaytirish imkonini ko‘rsatib bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish