Salayev Rasul Shavkatovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida raqamli aktivlar muomalasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2587.
Ilmiy rahbar: Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasur Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: XAT Trastbank.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarida raqamli aktivlar muomalasini takomillashtirish bo`yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internet tarmog‘i orqali tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy o‘yinlarni tashkil etishning oldini olish maqsadida, jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘lovlarni amalga oshirishni taqiqlash taklif qilingan va mijozlarning bank plastik kartasidagi mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish holatlarining kamayishi asoslangan;
axolini kriptovalyutalarga bo‘lgan talabi va qiziqishi ortib borayotganini inobatga olgan holda, kriptovalyutalarni sotish va sotib olish operatsiyalarini nafaqat kripto-birja orqali, balki, tijorat banklari orqali ham amalga oshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bankga qo‘shimcha daromad keltirishi ilmiy asoslangan;
aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larini daromad keltiruvchi ham yuqori likvid aktivga aylantirish hamda ushbu kriptoaktivlarni banklar orqali nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida UzNEX kriptobirjasining kotirovkalari asosida milliy valyutada hisobi to‘ldiriladigan va qaytariladigan bank plastik kriptokartalarini ochish taklif etilgan;
rezident va norezidentlarning BitCoin, LiteCoin, Tether, Ethereum va boshqa nomdagi zamonaviy pul shakllarini mamlakat ichki pul aylanmasiga jalb qilish maqsadida on-layn konvertatsiya tarzida ishlovchi kripto-terminallarni yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarining tarmoqlarida foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida olingan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan:
internet tarmog‘i orqali tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy o‘yinlarni tashkil etishning oldini olish maqsadida jismoniy shaxslarning bank plastik kartalarini ijtimoiy tarmoqlarga ulashni tijorat banklari orqali taqiqlashga doir taklifi ATB “Agrobank” tomonidan faoliyatni yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” da o‘z aksini topgan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 dekabrdagi 13-10/1732 - son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jismoniy shaxslarni bank plastik kartalarini ijtimoiy tarmoqlarga ulab tranzaksiyalarni amalga oshirish soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 92 foizga kamaygan;
axolini kriptovalyutalarga bo‘lgan talabi va qiziqishi ortib borayotganini inobatga olgan holda, kriptovalyutalarni sotish va sotib olish operatsiyalarini nafaqat kripto-birja orqali, balki, tijorat banklari orqali ham amalga oshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish ijobiy samara berishi ilmiy asoslangan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 dekabrdagi 13-10/1732 - son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi ATB “Agrobank” tomonidan faoliyatni yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” da o‘z aksini topgan. Natijada kriptovalyutalar konvertatsiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari shakllantirilgan;
aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larini daromad keltiruvchi ham yuqori likvid aktivga aylantirish hamda ushbu kriptoaktivlarni banklar orqali nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida UzNEX kriptobirjasining kotirovkalari asosida milliy valyutada hisobi to‘ldiriladigan va qaytariladigan bank plastik kriptokartalarini ochish taklifi ATB “Agrobank” tomonidan faoliyatni yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” ni ishlab chiqishda foydalanildi. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 dekabrdagi 13-10/1732 - son ma’lumotnomasi). Natijada kriptoaktivlar bankda ishonchli saqlanishi hamda ushbu kriptoaktivlarni banklar orqali nazorat qilish va reestrini yuritish amaliyoti joriy qilindi;
rezident va norezidentlarning BitCoin, LiteCoin, Tether, Ethereum va boshqa nomdagi zamonaviy pul shakllarini mamlakat ichki pul aylanmasiga jalb qilish maqsadida on-layn konvertatsiya tarzida ishlovchi kripto-terminallarni yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarining tarmoqlarida foydalanish taklifi ATB “Agrobank” tomonidan faoliyatni yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” da o‘z aksini topgan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 dekabrdagi 13-10/1732 - son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘lov vositalari qamrovini maqsadli kengaytirishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish