Abduraxmonov Ilyos Xurshidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tarmoqlarini rivojlantirishning konseptual asoslari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt307
Ilmiy maslahatchi: Teshabayev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzayev Farhod Isamovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Iminov Odiljon Karimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xudoyqulov Sadriddin Karimovich
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tarmoqlarining konseptual asoslarini tizimli tahlili asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta bozorini tartibga solish va prudensial nazoratni joriy etish orqali sug‘urta bozorining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimini institusional rivojlantirish asoslab berilgan;
sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta faoliyati turlariga bog‘liq holda (umumiy va hayot sug‘urta tarmog‘i, majburiy sug‘urta va qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish) differensiatsiyalangan ustav kapitali minimal miqdorlarini oshirish taklif etilgan;
sug‘urta tarmoqlarini raqamlashtirishda sug‘urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish asosida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishning qamrovlik darajasi va samaradorlik ko‘rsatkichlari oshishi asoslab berilgan;
umumiy sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish uchun sug‘urta tarmoqlarida yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo‘lgan an’anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmlari va turlarini kengaytirish hamda ularning sifatini oshirish algoritmi ishlab chiqilgan;
sug‘urta tarmoqlarini rivojlantirishda sug‘urta vositachilari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tarmoqlarini rivojlantirishning konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
sug‘urta bozorini tartibga solish va prudensial nazoratni joriy etish orqali sug‘urta bozorining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimini institusional rivojlantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil yil 12-avgustdagi 03/14-01-6/368-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta bozorini tartibga solishning yangi institusional tizimi joriy etilgan hamda vakolatli davlat organining asosiy funksiya va vazifalari belgilab berilgan;
sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta faoliyati turlariga bog‘liq holda (umumiy va hayot sug‘urta tarmog‘i, majburiy sug‘urta va qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun) differensiatsiyalangan ustav kapitali minimal miqdorlarini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil
12-avgustdagi 03/14-01-6/368-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urtaning amalda bo‘lgan ustav kapitallari miqdorlarini (umumiy, hayot, majburiy, qayta sug‘urta) tabaqalashtirish shakli jahon standartlariga moslashtirilgan. 2022-yil 1-iyuldan boshlab differensiatsiyalangan ustav kapital miqdorlari ixtiyoriy sug‘urta 20,0 mlrd.so‘m, majburiy sug‘urta 35,0 mlrd.so‘m, qayta sug‘urta 45,0 mlrd.so‘m qilib belgilangan;
sug‘urta tarmoqlarini raqamlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sug‘urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
14-dekabrdagi 780-son “Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil yil 12-avgustdagi 03/14-01-6/368-son ma’lumotnomasi). Natijada, sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash qamrovligi oshgan, yangi va zamonaviy sotish kanallari joriy etilgan, sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish muddati 2 barobargacha qisqargan, aksariyat sug‘urta kompaniyalarining mobil ilovalari ishlab chiqilgan;
umumiy sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish uchun sug‘urta tarmoqlarida yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo‘lgan an’anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmlari va turlarini kengaytirish hamda ularning sifatini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil yil 12-avgustdagi 03/14-01-6/368-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy sug‘urta bozorida islom (takaful) sug‘urtasining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini joriy etish va amalga oshirish algoritmi ishlab chiqilgan;
sug‘urta tarmoqlarini rivojlantirishda sug‘urta vositachilari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil
12-avgustdagi 03/14-01-6/368-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta bozorida sug‘urta vositachilarining 2020-yilda soni 12 foizga, umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urta mukofotlari miqdori esa 9 foizga oshgan.