Yakupov Artur Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuzalarni plastik deformatsiyalash usuli bilan ishlov berish jarayonida mashina detallarning yuza qatlamining sifatini shakllantirish”, 05.02.05 “Mexanik va fizik–texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob–uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/3473
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchi: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Baxtiyor Teshayevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Azamat Xaitovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishlab chiqarish samaradorligi va maxsulot sifatini oshirishda texnologik qurilmalarni loyihalash va yaratishning ilmiy-nazariy asoslarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
silindrsimon detallarga yakunlovchi-pardozlovchi ishlov beradigan texnologik qurilmalar chiqish xarakteristikalarining konstruktiv parametrlari va ishlov beriladigan detalning fizik-mexanik xususiyatlari hisobiga takomillashtirilgan;
sirt qatlamining ekvivalent sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi teshiklar va vallarning sirtlarini qayta ishlash uchun ishlatiladigan deformatsiya qiluvchi elementlarning parametrlari o‘rtasidagi ta’siri asosida yakunlovchi-pardozlovchi texnologik jarayonni fizik mohiyati ishlab chiqilgan;
kesish va plastik deformatsiyalash birgalikda qayta ishlash uchun progressiv deformatsiya vositalarining parametrlarini loyihalash va hisoblash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
deformatsiya qiluvchi elementning siljishi va uning ishlov berilgan sirt sifatiga ta’siri bir qator mustahkam yuklamali roliklarni turlari, markazdan qochma roliklar bilan radial harakatlanuvchi deformatsiyalovchi elementlar ishlab chiqilgan;
deformatsiya qiluvchi elementlarning geometrik parametrlari ta’sirining eksperimental bog‘liqligi va ishlov beriladigan yuzaning o‘lchamlari, ishlov beriladigan qismning materialining turiga qarab deformatsiya qiluvchi elementlarning kirib borish chuqurligi va ishlov berish paytida kontakt zonasidagi kontakt kuchlanishlari elastik-plastik deformatsiyalarni o‘rganish uchun maxsus moslama ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuzalarni plastik deformatsiyalash usuli bilan ishlov berish jarayonida mashina detallarining yuza qatlamining sifatini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tadqiqot asosida dissertatsiya ishida «NKMK» AJ da ish sharoitida mashina detallari yuzalariga deformatsiya yo‘li bilan ishlov berish usullari ishlab chiqilgan. Ishlov beriladigan sirtning turi va o‘lchamini hisobga olgan holda pardozlash va qattiqlashtiruvchi ishlov berish uchun texnologik uskunalar loyihalash ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 19 noyabr 23.01-01-07/768-son ma’lumotnomasi).
Kesish va plastik deformatsiyalash birgalikda qayta ishlash uchun progressiv deformatsiya vositalarining parametrlarini loyihalash va hisoblash metodologiyasi ishlab chiqilgan, sirt qatlamining ekvivalent sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan teshiklar va vallarning sirtlarini qayta ishlash uchun ishlatiladigan deformatsiya qiluvchi elementlarning parametrlari o‘rtasidagi munosabatlar aniqlandi va sifat ko‘rsatkichlari 15% oshirildi, jarayon oqimi holatining yeng maqbul varianti tanlandi. Ilmiy tadqiqotni amaliyotda joriy qilinishi ishlab chiqarish unumdorligini 1,3 barobarga ortganligini olib borilgan eksperimental tadqiqotlar natijasida oshgan (2022 yil 14 noyabrdagi 4/2022-11-14-son dalolatnomasi).