Faleyeva Anastasiya Vadimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Leksikografik tasvirlashda ingliz tili kollokvializmlarining leksik-semantik va derivatsion imkoniyatlari”, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1595.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizayev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Daniyeva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy elektron va bosma leksikografik manbalarda leksik-semantik va derivatsion yo‘nalish nuqtai nazaridan ingliz tili kollokvializmlari bilan bog‘liq bo‘lgan yangi tendensiyalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘zaki ingliz tili leksik-semantik sathining hozirgi holati (ranglarni belgilashning ramziy ma’nosini: scarlet woman – yorqin ayol; atoqli otlarning implisit ma’nosi: Mozart and Liszt = pissed – mast holdagi odam; zoonimlarning yashirin ma’nosi: sparrow fart – tong otishi)ni ifodalash orqali ochib berilgan;
kollokvial so‘z va iboralarning yashirin ma’nosi zamonaviy leksikografik manbalardagi gender (stag party – uylanmagan yigitlar “yig‘ilishi”; hen night – qizlar “gurungi”), milliy (Joe – oddiy ingliz; Kate and Sidney = stake and kidney – ingliz pirogi), lingvomadaniy (kangaroo court – sudsiz kaltaklash) va ijtimoiy (bird dog – polisiyachi) omillarning ta’siriga ko‘ra aniqlangan;
nutqiy akt qatnashchilarining faol so‘z birikmalariga kiruvchi so‘zlashuv salohiyati “yil so‘zlari” sifatida tan olingan iso – o‘z-o‘zini yakkalatish, bovvered – tashvishga tushmoq iborasiga o‘xshash kollokvial so‘zlar orqali ochib berilgan;
akronimlar (bed and breakfastdan B&B – arzon mehmonxona), bekronimlar (what I know isdan wiki – mening bilganlarim), teleskopiya (friend va enemydan frenemy – bir vaqtning o‘zida ham do‘st, ham dushman), so‘zlarning kesishishi (raccoondan coon – qora tanli), errativ so‘zlar (BMWdan Bee Em – avtomobil) orqali kollokvializmlarning kompressiv usullarda hosil qilinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili kollokvializmlarining leksik-semantik va derivatsion xususiyatlari muammosi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosidagi natijalar quyidagicha qo‘llanilgan:
og‘zaki ingliz tili leksik-semantik sathida ranglar, atoqli otlar, zoonimlar implisit ma’nolari reallashishining o‘ziga xos xususiyatlari Samarqand davlat chet tillar institutida Erasmus+ 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021-yil 7-oktabrdagi 2458/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari innovatsion-tadqiqot loyihasi doirasida qo‘llanilgan va elektron resurslarning shakllanishiga xizmat qilgan;
zamonaviy leksikografik manbalarda gender, milliy, lingvomadaniy va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda kollokvial so‘z va iboralarning yashirin ma’nosini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021-yil 7-oktabrdagi 2459/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari filologiya va pedagogika yo‘nalishlarida sotsiolingvistika va so‘z yasalishi fanlarini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirishga yordam bergan;
nutqiy akt qatnashchilarining faol so‘z birikmalariga kiruvchi so‘zlashuv salohiyati “yil so‘zlari” sifatida tan olingan iso – o‘z-o‘zini yakkalatish, bovvered – tashvishga tushmoq iborasiga o‘xshash kollokvial so‘zlar orqali ochib berilganligi hamda akronimlar (bed and breakfastdan B&B – arzon mehmonxona), bekronimlar (what I know isdan wiki – mening bilganlarim), teleskopiya (friend va enemydan frenemy – bir vaqtning o‘zida ham do‘st, ham dushman), so‘zlarning kesishishi (raccoondan coon – qora tanli), errativ so‘zlar (BMWdan Bee Em – avtomobil) orqali kollokvializmlarning kompressiv usullarda hosil qilinishi isbotlanganligi yuzasidan xulosalardan Yevropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021-yil 12-oktabrdagi 2504/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Mazkur dissertatsion tadqiqotining natijalaridan ingliz tilining nashr qilingan va elektron lug‘atlarida so‘zlashuv tizimi taqdimoti asosiy g‘oyasini ochib berishga xizmat qilgan.