Sharipova Fazilat Dilmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi xatlar (yozishmalar) tarjimasining pragmatik tahlili”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1242.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sagimova Xushnuda Botirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi xatlar (yozishmalar)ning inglizcha tarjimalarida pragmatik mazmunni saqlash tahlil muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnlarda doim uchraydigan pragmatik mazmunni aks ettiruvchi deyksis, presuppozisiya, implikatura kabi pragmalingvistik birliklar va nutqiy aktlarning eksplikatsiya va implikatsiya amallari asosida tarjimadagi mazmunni bevosita hamda bilvosita aks ettirishi asoslangan;
deyktik, presuppozisiya, implikatura kabi pragmalingvistik vositalar hamda nutqiy aktlarni tashkil etishda ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matn qiyosiy-chog‘ishtirma, struktur tahlil tamoyillari va tarjima usullarining ustuvorligi ochib berilgan;
nutqiy akt, deyksis, presuppozisiya, implikatura kabi pragmalingvistik vositalarining badiiy matn va diskursda qo‘llanish xususiyatlari hamda o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan matnlarda ularning yozma tarjimada ifodalanishi konseptual-pragmatik jihatdan aniqlangan;
A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi xatlar (yozishmalar) tarjimalarining fonopragmatik, leksopragmatik, morfopragmatik, pragmasintaktik diskurs xususiyatlarini tahlil qilish orqali nutq subyektlarining muloqot maqsadini tarjima matnida qayta aks ettirishning badiiy tarjimadagi kommunikativ samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi xatlar (yozishmalar) tarjimasining pragmatik tahliliga oid xulosalar asosida:
badiiy matnlardagi pragmatik mazmunni aks ettiruvchi deyksis, presuppozisiya, implikatura kabi pragmalingvistik birliklar va nutqiy aktlar eksplikatsiya va implikatsiya amallari asosida tarjimada bevosita hamda bilvosita aks etishi, shuningdek, deyksis, presuppozisiya va implikatura hodisalarining ya’shirin ma’no obyektiga doirligi xususidagi ilmiy-nazariy tahlillaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 10-martdagi 17-01/98-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdan olingan xulosalar fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqola hamda so‘zlarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqot ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
nutqiy akt, deyksis, presuppozisiya, implikatura kabi pragmalingvistik vositalarining badiiy matn va diskursda qo‘llanish xususiyatlari hamda o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan matnlarda ularning yozma tarjimada ifodalanishi to‘g‘risidagi konseptual-pragmatik xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 5-yanvardagi 06-30-0201-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjima jarayonida pragmalingvistik vositalarni saqlash muammolarini yoritish, shuningdek, nutqiy akt, deyksis, presuppozisiya, implikatura kabi pragmalingvistik vositalarining badiiy matn va diskursda qo‘llanish xususiyatlari xususidagi xulosalaridan loyiha doirasida uslubiy qo‘llanmalar yaratilishiga, badiiy tarjimaga oid oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan fanlarning mavzu doirasini mukammallashtirish va boyitilishiga ijobiy hissa qo‘shgan;
A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi xatlar (yozishmalar) tarjimalarining fonopragmatik, leksopragmatik, morfopragmatik, pragmasintaktik diskurs tahliliga oid xulosalardan foydalangan holda Surxondaryo viloyati televideniyesining 2021-yil, 6-iyun sanasida efirga uzatilgan “Munavvar tong” ko‘rsatuvida milliy tarjimashunoslik va uning taraqqiyot tendensiyalari, shu bilan birga badiiy tarjima va undagi pragmalingvistik tahlilning ifodalanishi haqida tomoshabinlarga ma’lumot berilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 4-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning qiyosiy adabiyoshunoslik xususidagi bilim saviyalari oshgan.