Fayziyeva Xadicha Choriyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili Boysun-Sho‘rchi guruh shevalarining lug‘at xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil2412.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining Boysun, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on hududlarida yashovchi mahalliy aholi dialektlarining leksik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek dialektologiyasida ilk marta Boysun, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi j-lovchi o‘zbek shevalari (qipchoq lahjasiga xos shevalar), y-lovchi o‘zbek shevalar (qorluq lahjasiga xos shevalar)ining lisoniy tabiati ochib berilgan; 
qadimgi yodgorliklar tili, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar - qozoq, turkman, tatar, uyg‘ur, qoraqalpoq, fors-tojik, arab, mo‘g‘ul, xitoy, turk tillari, shuningdek, Boysun-Sho‘rchi guruh shevalariga tegishli leksik-semantik dialektizmlar Urxun-Enasoy yodgorliklari, M.Koshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk”, A.Navoiy, Bobur, Xorazmiy asarlarida keltirilgan qadimiy turkiy til, eski o‘zbek tilidagi leksemalar bilan qiyoslangan holda dalillangan;
Boysun-Sho‘rchi guruh shevalarigagina xos bo‘lgan so‘z va iboralar aniqlanib, qarindoshlik, kishi a’zolari, oziq-ovqat, hayvonot dunyosiga xos atamalar, o‘tov qismlari, uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlari, kiyim nomlari, bezaklar, o‘yin turlari, turli marosimlarning nomini bildiruvchi so‘zlar, kasallik nomlari, o‘simlik va daraxtlar, poliz ekinlari, kishi ismlari kabi semantik jihatlari aniqlangan; 
Boysun-Sho‘rchi guruh shevalarining o‘zbek adabiy tili sinxron holatiga munosabati tekshirilib, o‘zlashgan (fors-tojikcha, arabcha, mo‘g‘ulcha, xitoycha) so‘zlarning Boysun-Sho‘rchi guruh shevalari leksikasiga interferentativ ta’siri ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili Boysun-Sho‘rchi guruh shevalari leksikasi lingvistik xususiyatlarining tasnifi, etimologiyasi, o‘zbek dialektlarini hududiy yoki umumiy etnoleksikografik ko‘lamda o‘rganishga doir xulosalardan:
o‘zbek dialektologiyasida ilk marta Boysun, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi j-lovchi o‘zbek shevalari (qipchoq lahjasiga xos shevalar), y-lovchi o‘zbek shevalar (qorluq lahjasiga xos shevalar)ining lisoniy tabiati ochib berilganligi yuzasidan takliflar 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy Nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 5-sentabrdagi 04/1-2412-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘at tarkibidagi o‘zlashgan so‘zlarning qadimgi turkiy, eski va hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabatini aniqlashga doir nazariy bilimlarning mukammallashuviga erishilgan;
qadimgi yodgorliklar tili, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar - qozoq, turkman, tatar, uyg‘ur, qoraqalpoq, fors-tojik, arab, mo‘g‘ul, xitoy, turk tillari, shuningdek, Boysun-Sho‘rchi guruh shevalariga tegishli leksik-semantik dialektizmlar Urxun-Enasoy yodgorliklari, M.Koshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk”, A.Navoiy, Bobur, Xorazmiy asarlarida keltirilgan qadimiy turkiy til, eski o‘zbek tilidagi leksemalar bilan qiyoslangan holda dalillanganligi yuzasidan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqotda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yildagi 17.01/125-son ma’lumotnomasi). Natijada Boysun-Sho‘rchi guruh shevalarining qadimgi turkiy, eski va hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati doirasida o‘zlashgan (fors-tojikcha, arabcha, mo‘g‘ulcha, xitoycha) so‘zlarning o‘zbek shevalari leksikasiga ta’siri bilan bog‘liq nazariy umumlashmalarning mukammallashuviga erishilgan;
Boysun-Sho‘rchi guruh o‘zbek shevalari lug‘at xususiyatlarining xalq jonli muloqot nutqi hamda o‘zbek badiiy nutqida tutgan o‘rniga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan “Til – millat ko‘zgusi”, “Ona tilim – mangu barhayot” deb nomlangan tadbirlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limining 2022-yil 9-mart va 2022-yil 20-apreldagi ma’lumotnomalari). Natijada yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga yetishtirish, yoshlar orasida til madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimida o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish