Kurambayeva Gulandam Karimbayevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari (adabiy aloqa, o‘zaro ta’sir va badiiy tarjima)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil489.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gayliyeva O‘gulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adabiy aloqa, o‘zaro ta’sir, qardoshlik mavzusida badiiy asar yaratish an’anasi, ikki tilda ijod qilish tajribasi, badiiy tarjima kabi adabiy aloqa shakllari asosida o‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalarining ikki adabiyot rivojidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
bir hududda yashaydigan, tili yaqin, madaniyatlari mushtarak, folklor va yozma adabiyotlarida umumiyliklar, urf-odatlarda o‘xshashliklar, eng asosiysi, tarixiy ildizlaridagi birlik adabiy aloqalar rivojlanishida muhim vosita ekanligi o‘zbek adabiyotining qardosh adabiyotlar, xususan, qoraqalpoq adabiyoti bilan aloqalari va o‘zaro ijodiy ta’siri misolida ochib berilgan;
adabiyotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda alohida ijodkorlarning muhim rol o‘ynashi o‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlar faoliyati misolida dalillangan;
ikki tilda ijod qilish an’anasi shoir-yozuvchilarning adabiy muhitdagi imkoniyatini kengaytiribgina qolmay, ikki adabiyot taraqqiyotiga ham ijobiy turtki berishi muayyan adiblar ijodi misolida ochib berilgan;
Qoraqalpog‘istonda yashab, o‘zbek tilida asarlar yozayotgan shoir va yozuvchilar ijodida qoraqalpoq mavzusida asarlar yaratish asosiy o‘rinda turishi, bu asarlarda qoraqalpoq milliy koloriti boshqa hududlardagi o‘zbek ijodkorlari asarlariga nisbatan ustuvor va tabiiy aks etgan bo‘lishi, ikki tilni puxta bilishi ular tarjimalarining badiiy jihatdan yuksakligini ta’minlashga xizmat qilishi isbotlangan; 
o‘zaro badiiy tarjimalar adabiy aloqalarni rivojlantirishning davrlar sinovidan o‘tgan samarali shakllaridan biri ekanligi o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuni o‘rganish bo‘yicha o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalarining hamda qoraqalpoq adabiyotining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi o‘ziga xosliklari borasida olingan ilmiy natijalar yuzasidan:
bir hududda yashaydigan, tili yaqin, madaniyatlari mushtarak, folklor va yozma adabiyotlarida umumiyliklar, urf-odatlarda o‘xshashliklar, eng asosiysi, tarixiy ildizlaridagi birlik adabiy aloqalar rivojlanishida muhim vosita ekanligi o‘zbek adabiyotining qardosh adabiyotlar, xususan, qoraqalpoq adabiyoti bilan aloqalari va o‘zaro ijodiy ta’siri O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar va ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq qilish” (2017-2020 yy.) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 25 noyabrdagi 481/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari xususida yangi ma’lumotlarni umumlashtirishga erishilgan; 
mustaqillik yillarida o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari, shoir va yozuvchilarning har ikki adabiyotdan qilgan tarjima asarlari bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar va ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-0-43429 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq qilish” (2017-2020 yy.) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 25 noyabrdagi 482/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari xususida yangi ma’lumotlarni umumlashtirishga erishilgan; 
qoraqalpoq va o‘zbek adabiyoshunosligi fani bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan hamda o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalarining o‘rganilishida yangi yo‘nalishlar va ilmiy qarashlar muallif tomonidan chop etilgan monografiyada takomillashtirilgan (“O‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari”. Toshkent. “EFFECT-D”, 2022), shuningdek, ushbu monografiya mualliflik huquqi ob’ekti sifatida deponentlash uchun taqdim etilgan (O‘zR Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining 2022 yil 8 sentyabrdagi 005053-raqamli guvohnomasi). Natijada o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalarini o‘rganishda yangicha yo‘nalishlarga erishilgan;
badiiy tarjima va tarjimon mas’uliyati, yozuvchi-shoirlarning o‘zbek va qoraqalpoq tilida ijod qilish mahorati bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatlarida, uchrashuv va yig‘ilishlarida, qardoshlik mavzusiga bag‘ishlangan seminarlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 28 noyabrdagi 116-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarjimashunoslikni yangicha nazariy aspektda tadqiq qilishga erishilgan;
adabiy aloqalarda alohida ijodkorlarning vositachilik roli va ahamiyati, do‘stlik va qardoshlik mavzusida qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotida yozilgan asarlarda milliy kolorit yaratish mahorati tadqiq etilgan dissertatsiya natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq milliy muzeyida o‘tkazilgan Ibroyim Yusupov ijodiy merosiga bag‘ishlangan qator tadbirlarda nazariy-amaliy omil sifatida qayd qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 29 noyabrdagi 2-04/1655-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari tarixida I.Yusupov ijodining o‘rni belgilangan; 
adabiy aloqalarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi, adabiy jarayondagi ahamiyati, xalqlar va adabiyotlarni yaqinlashtirish hamda do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli tadqiq etilgan dissertatsiya natijalari Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqali teatri faoliyatida amaliy ahamiyat kasb etgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 2-04/1540-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki tomonlama do‘stlik va adabiy aloqalarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan; 
o‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalarining nazariy xulosalaridan O‘zbekiston televideniyesining “O‘zbekiston 24” kanali orqali efirga uzatilgan “Axborot” informatsion dasturi, O‘zbekiston radiosining “Millat va ma’naviyat” eshittirishi, Qoraqalpog‘iston telekanalining “Assalawma aleykum Qaraqalpaqstan”, “Adebiyat ham zaman” ko‘rsatuvlari, Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Miyras”, “Ruwxiyliq bostani” eshittirishlari ssenariylarini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining 2022 yil 12 avgustdagi 05-22/496-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki tomonlama o‘zbek-qoraqalpoq va qoraqalpoq-o‘zbek adabiy aloqalarini yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarish yo‘llari belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish