Nurova Oliya Salomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (texnika fanlari misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2571.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Himmataliyev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy apponentlar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimov Jamshid Oktamavich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy bilish metodi yordamida umumkasbiy fanlarni ixtisoslik va qo‘shimcha ixtisoslik fanlar bilan fanlaro integratsion o‘qitishning uslubiy ta’minoti texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning innovatsion kasbiy kreativ qobiliyatlarini (liderlik, texnologik, kasbiy kamolot) va muhandislik qobiliyatlari (intellektual o‘zgarish va ekstrimal moslashuvchanlik)ni integrativ yondashuv asosida integratsiyalash orqali umumkasbiy fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari mazmunan rivojlantirilgan;
bo‘lajak muhandislarni ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-mazmuniy modeli hozirgi ma’lumotlar bazasining ko‘payishi va rivojlanganlik muhitida talabalarning innovatsion kasbiy faoliyatidagi tayyorgarlik qobiliyatlari (nostandart fikrlash, konstruktiv loyihalash va yaratuvchanlik)ni takomillashtirish va rivojlantirishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, tamoyillari, ta’limning shakl va vositalari aks ettirilgan o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari umumkasbiy fanlarni o‘qitish orqali ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorlash metodikasi o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish, umumkasbiy tayyorgarlik kabi kasbiy funksiyalarni amalga oshirish hamda texnik jarayonlarni umumkasbiy fanlarini o‘qitishda interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali talabalarni innovatsion kasbiy muhandislik faoliyatiga tayyorlash metodikasi vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni neft va gaz sanoati mutaxassisligiga xos sifatlarini hamda ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorgarligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari hamda umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirganlikning deduktiv darajasi to‘liqlik koeffisiyentning o‘zini o‘zi anglash refleksiv mexanizmlarini kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini aniqlash asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
ilmiy bilish metodi yordamida umumkasbiy fanlarni ixtisoslik va qo‘shimcha ixtisoslik fanlar bilan fanlaro integratsion o‘qitishning uslubiy ta’minoti texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning innovatsion kasbiy kreativ qobiliyatlarini (liderlik, texnologik, kasbiy kamolot) va muhandislik qobiliyatlari (intellektual o‘zgarish va ekstrimal moslashuvchanlik)ni integrativ yondashuv asosida integratsiyalash orqali umumkasbiy fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari (tejamkorlik va ixchamlilik) mazmunan rivojlantirishga oid takliflarni o‘z ichiga olgan “Qurilish mexanikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538–sonli buyrug‘i). Natijada, mazkur ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmadan ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim sifatini oshirish va talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish imkonini bergan;
bo‘lajak muhandislarni ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-mazmuniy modeli hozirgi ma’lumotlar bazasining ko‘payishi va rivojlanganlik muhitida talabalarning innovatsion kasbiy faoliyatidagi tayyorgarlik qobiliyatlari (nostandart fikrlash, konstruktiv loyihalash va yaratuvchanlik)ni takomillashtirish va rivojlantirishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, tamoyillari, ta’limning shakl va vositalari aks ettirilgan o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan takliflardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq №S-PM-31 “Takroriy ekinlar ekish uchunbir o‘tishda ntuproqni ag‘darmasdan ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538–sonli buyrug‘i). Mazkur model bo‘lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari umumkasbiy fanlarni o‘qitish orqali ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorlash metodikasi o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish, umumkasbiy tayyorgarlik kabi kasbiy funksiyalarni amalga oshirish hamda texnik jarayonlarni umumkasbiy fanlarini o‘qitishda interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali talabalarni innovatsion kasbiy muhandislik faoliyatiga tayyorlash metodikasi vizuallashtirish asosida takomillashtirilga oid takliflarni o‘z ichiga olgan “Qurilish mexanikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538–sonli buyrug‘i). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni o‘qitishdagi ta’lim sifatini oshirish va talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish imkonini bergan;
bo‘lajak muhandislarni neft va gaz sanoati mutaxassisligiga xos sifatlarini hamda ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorgarligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari hamda umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirganlikning deduktiv darajasi to‘liqlik koeffisiyentning o‘zini o‘zi anglash refleksiv mexanizmlarini kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini aniqlash asosida optimallashtirilga oid takliflarni o‘z ichiga olgan “Qurilish mexanikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538–sonli buyrug‘i). Natijada, mazkur didaktik ta’minot bo‘lajak muhandislarning ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga hamda ta’limda o‘quv kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.