Mamatkulov Asam Norovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Elektrotexnikaning nazariy asoslari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4142.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
Ilmiy rahbar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayev Husniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltayeva Muhayyo Lutfillayevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi “Konkurens” ta’lim texnologiyasi hamda “Ripaydit” va “Dicputa” interaktiv metodlari asosida umumkasbiy fanlarini o‘qitishda talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikacini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayonida boshlang‘ich kurslardan talabalarning texnik ijodkorligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy kompetentlik va kreativ yondashuvini retrospektiv hamda qiyoslash asosida tadrijiy rivojlantirish samaradorligi aniqlashtirilgan; 
talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirishning tarkibiy va mazmuniy modelidagi ijodkorlikning motivatsiyalarni kuchaytirish, yaratuvchanlik, o‘zgaruvchan fikrlar kabi tarkibiy qismlari maqsad (maqsad va vazifalar), kasbiy pedagogik jarayon (ijodkorlikning tarkibiy qismlari, tamoyillar, shakllar, innovatsion texnologiya va metodlar, pedagogik amaliyot mazmuni, vositalar, bosqichlar va baholash mezonlari) hamda natija bloklariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalar texnik ijodkorligining ijodiy jarayon, ijodiy muhit, ijodkor shaxsiyati hamda ijod mahsuli kabi komponentlari ta’lim jarayonida o‘quv topshiriqlarining muammoli xarakterda loyihalashtirilishi, talabalarni o‘quv vazifalarini bajarish faoliyatiga yo‘naltirish kabi pedagogik shart-sharoitlarni kiritish asosida rivojlantirilgan;
talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirishning reproduktiv, produktiv, kreativ kabi mezonlari baholashning yuqori, o‘rta va past kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-metodik, didaktik ta’minoti insonparvarlashtirish, individuallashtirish, o‘qitishni motivlashtirish, kasbiy yo‘nalganlik, yaratuvchanlik, o‘qitishning uzlusizligi kabi tamoyillarga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayonida 5310200 – “Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi talabalarining texnik ijodkorligini rivojlantirishning metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayonida boshlang‘ich kurslardan talabalarning texnik ijodkorligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy kompetentlik va kreativ yondashuvini retrospektiv va qiyosiy tahlil qilish asosida tadrijiy rivojlantirish samaradorligiga oid taklif va tavsiyalardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2021-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab shiqish” mavzusidagi xalqaro grant loyihasining bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 676-118 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarining texnik ijodkorligi samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirishning tarkibiy va mazmuniy modelidagi ijodkorlikning motivatsiyalarni kuchaytirish, yaratuvchanlik, o‘zgaruvchan fikrlar kabi tarkibiy qismlari maqsad (maqsad va vazifalar), kasbiy pedagogik jarayon (ijodkorlikning tarkibiy qismlari, tamoyillar, shakllar, innovatsion texnologiya va metodlar, pedagogik amaliyot mazmuni, vositalar, bosqichlar va baholash mezonlari) hamda natija bloklariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2021-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab shiqish” mavzusidagi xalqaro grant loyihasining bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 676-118 raqamli guvohnoma). Natijada, umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga erishilgan;
talabalar texnik ijodkorligining ijodiy jarayon, ijodiy muhit, ijodkor shaxsiyati hamda ijod mahsuli kabi komponentlari ta’lim jarayonida o‘quv topshiriqlarining muammoli xarakterda loyihalashtirilishi; talabalarni o‘quv vazifalarni bajarish faoliyatiga yo‘naltirish kabi pedagogik shart-sharoitlarni yaratishga oid taklif va tavsiyalari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2021-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab shiqish” mavzusidagi xalqaro grant loyihasi doirasida bajarilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 676-118-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning texnik ijodkorligi mazmunidagi masalalarni tanlash, tuzishning metodik ta’minoti boyitilgan va talabalarning o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirishning reproduktiv, produktiv, kreativ kabi mezonlari baholashning yuqori, o‘rta va past kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-metodik, didaktik ta’minoti insonparvarlashtirish, individuallashtirish, o‘qitishni motivlashtirish, kasbiy yo‘nalganlik, yaratuvchanlik, o‘qitishning uzlusizligi kabi tamoyillar asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2021-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab shiqish” mavzusidagi xalqaro grant loyihasining bajarilishida xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 676-118 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali amalga oshirish va mustaqil ta’lim natijalarini obyektiv baholashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish