Shopulatov Abdimalik Nurullayevichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimi mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped163.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy maslahatchilar: Xalmuxamedov Rustam Dexkanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxammadiyev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ibragimova Gulsanam Nematovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimi mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida nazariya va amaliyot birligini ta’minlashga qaratilgan “yetakchi mutaxassis (olim) ‒ trener ‒ sportchi” hamkorligini sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish va amalga oshirishning ijodiy jarayoniga kiritish hisobiga mashg‘ulotlarni tashkil qilish uslubiyati takomillashtirilgan;
“Jismoniy tarbiya va sport” sohasidagi ilmiy maktablarning ustoz-shogird qismiga jismoniy tarbiya va sportning ommaviy sport, olimpiada o‘yinlari yo‘nalishlarida sport tayyorgarligining tamoyil hamda qonuniyatlarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy izlanishlarni tashkil qilish bo‘yicha metodikani kiritish hisobiga malakali mutaxassislarni tayyorlash imkoniyati oshirilgan;
malakali yakkakurashchilarni tayyorlash uchun o‘qitilayotgan fanlarni sohaga yo‘naltirib o‘qitishga qaratilgan “UZSPORT-SCIENCE.UZ” platformasida mutaxassislik, umumkasbiy va tanlov fanlarini mantiqiy uzviylik hamda variativlik orqali sport turiga muvoqiflashtirish hisobiga sport faoliyati ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasining asosiy fanlar blokini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak trenerlarda ijodiy faollik kompetensiyalarining nisbiy o‘sishi musobaqaoldi va keyingi holatini tahlil qilish jarayonida taktik tayyorgarlikning nazariy qismiga sport razvedka uslubida axborotlarni kiritish orqali samarali taktikalarni ishlab chiqish va musobaqa davomida qaror qabul qilishni tezlashtirish tajribasini oshirish hisobiga erishilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasida yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv-ilmiy faoliyatdagi natijadorligini oshirishga qaratilgan “O‘quv-ilmiy hamjamiyat”ning tashkiliy tuzilmalarini gorizontal va vertikal hamkorlikda (kollobaratsiya) ishlatishga qaratilgan mexanizmining amaldagi nizomida belgilangan tashkiliy funksiyalariga “yaratilayotgan ishlanmalar va metodikalarning samaradorligini aniqlash” hamda “tajribadan o‘tkazishga qaratilgan ilmiy-amaliy guruhni” tashkil qilishni kiritish hisobiga sport ta’limi samaradorligini belgilovchi malakali mutaxassislar tayyorlash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimi mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida nazariya va amaliyot birligini ta’minlashga qaratilgan “yetakchi mutaxassis (olim) ‒ trener ‒ sportchi” hamkorligini yakkakurashchilarning amaliy mashg‘ulot jarayonlarida ilmiy eksperimentlar orqali asoslangan tajribalar mohiyatini tushunish hamda real vaziyat bilan qiyosiy solishtirishdan kelib chiqib mashg‘ulot oldi uzluksiz, mashg‘ulotdan keyin uzlukli tatbiq qilish uslubi Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 3 iyundagi 06-13/2212-son ma’lumotnomasi). Natijada trener, yetakchi mutaxassis (olim) hamda sportchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda ishlash malakasi 16,0 % ga rivojlangan;
“Jismoniy tarbiya va sport” ilmiy maktablarini sport turlarining dolzarb yo‘nalishilari doirasida tashkil qilish, ustoz-shogird tizimining metodologik qismiga ilmiy, uslubiy, tashkiliy tuzatishlar kiritish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha takliflar “Sport sotsiologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdrilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-son buyrug‘iga asosan 375-009 raqamli guvohnomasi). Natijada ilmiy maktablarini sport turlarining dolzarb yo‘nalishilari doirasida tashkil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar yaratilgan; 
malakali yakkakurashchilarni tayyorlash uchun o‘qitilayotgan fanlarni sohaga yo‘naltirib o‘qitishga qaratilgan “UZSPORT-SCIENCE.UZ” platformasida mutaxassislik, umumkasbiy va tanlov fanlarini mantiqiy uzviylik hamda variativlik orqali sport turiga muvoqiflashtirish bo‘yicha takliflar sport faoliyati ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasining asosiy fanlar blokini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 3 iyundagi 06-13/2212-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumkasbiy va tanlov fanlarini mutaxassislikka moslashtirish imkoniyati yaxshilangan; 
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida ta’lim berishda xorij tajribasidan foydalanish uslubiyati olimpiada o‘yinlari, lisenziya beruvchi musobaqalar, jahon chempionatlari, osiyo o‘yinlari, osiyo chempionatlari va xalqaro kuboklarni tahlil qilish hamda sohadagi nufuzli olimlarning ilmiy izlanishlarini o‘rganish uslubi “Jismoniy madaniyat sotsiologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi 571-sonli qarori hamda Samarqand davlat universiteti kengashining 2020 yil 29 sentyabrdagi 2-sonli qaroriga binoan chop etilgan “Jismoniy madaniyat sotsiologiyasi” dasrligi). Natijada magistratura talabalarning jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonlarining dolzarb muammolari, sohada malakali mutaxassislarga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-nazariy tendensiyalari bo‘yicha bilimlari 17,2 % ga rivojlangan.
jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv-ilmiy faoliyatidagi natijadorligini oshirishga qaratilgan “O‘quv-ilmiy hamjamiyat”ning tashkiliy tuzilmalarini gorizontal va vertikal hamkorlikda (kollobaratsiya) ishlatishga qaratilgan mexanizmining amaldagi nizomida belgilangan tashkiliy funksiyalarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 3 iyundagi 06-13/2212-son ma’lumotnomasi). Natijada malakali mutaxassislar tayyorlash tizmi yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish