Baratov Akmaljon Muxammadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘siqlar osha yuguruvchi sportchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1441.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Olimov Muxsinbek Sotivoldiyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullayev Mexriddin Junaydulloyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘siqlar osha yuguruvchi sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirish orqali yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportda kamolotga erishish guruhidagi to‘siqlar osha yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlar dasturida belgilangan yuklamalarga binoan bir vaqtning o‘zida umumiy yuklamalar hajmining asosiy qismidagi yugurish, maxsuslashtirilgan va texnik mashqlar nisbatini o‘zgartirish, sport formasiga kirish hamda uni ushlab turish asosida yugurish texnikasi takomillashtirilgan;
to‘siqlar osha yuguruvchilarda stadion bo‘ylab joylashgan to‘siqlarni oshib o‘tishda qadamlar chastotasi va suratini nazorat qilish asosida hujum qilish nuqtasi (depsinish joyi)dan barqaror depsinish evaziga to‘siqlardan oshib o‘tishga sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishilgan;
to‘siqlar osha yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida to‘siqlarni oshib o‘tishda har ikkala oyoqda ham hujum qila olish va masofa bo‘ylab yugurish texnikasini o‘rgatish uslubiyatida inklyuziv mashg‘ulot modulini takomillashtirish hisobiga sportchilarning texnik imkoniyati kengaytirilgan;
masofa bo‘ylab yugurishda mashg‘ulotlarning vazifalaridan kelib chiqqan holda sportchilarning umumiy tezligiga nisbatan o‘zgaruvchan va takroriy fartlek usulini organizmni yuqori yuklamaga moslashtirib qo‘llash natijasida taktik tezlikda yugurish imkoniyati oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportda kamolotga erishish guruhi to‘siqlar osha yuguruvchi sportchilarining yillik mashg‘ulotlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘siqlar osha yuguruvchi sportchilarning yillik tayyorgarligini bosqich va davrlaridagi mashg‘ulot yuklamalari hajmi o‘quv dasturidagi komponentlarini hisobga olgan holda, yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini mos ravishda rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Yakkakurash, koordinasion va siklik sport turlari (Yengil atletika)» nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 28-iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan 434-316-raqamli guvohnoma). Natijada to‘siqlar osha yuguruvchilarning jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari, ya’ni ko‘krak qafasining aylanasi tinch holatda 2,15%ga, nafas olganda 2,89%ga, nafas chiqarganda esa 2,08%ga ortgan;
to‘siqlar osha yuguruvchilarda stadion bo‘ylab joylashgan to‘siqlarni oshib o‘tishda qadamlar chastotasi va suratini nazorat qilish asosida hujum qilish nuqtasi (depsinish joyi)dan barqaror depsinish evaziga to‘siqlardan oshib o‘tishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar «Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 28-iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan 434-279-raqamli guvohnoma). Natijada to‘siqlar osha yuguruvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari 1000 m.ga yugurishda 18,42 sek.ga, 3000 m.ga to‘siqlar osha yugurishda 86,17 sek.ga, 3000 m.ga yugurishda 64,08 sek.ga yaxshilangan;
to‘siqlar osha yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida to‘siqlarni oshib o‘tishda har ikkala oyoqda ham hujum qilish va masofa bo‘ylab yugurish texnikasini o‘rgatish uslubiyatida moslashtirilgan mashg‘ulot modulini takomillashtirish hisobiga sportchilarning texnik imkoniyatlarini oshirib borish Yengil atletika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining sportda kamolotga erishish guruhidagi to‘siqlar osha yuguruvchi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 06-01/06/13/7738-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari 100 m.ga yugurishda 1,32 sek.ga, 400 m.ga yugurishda 5,80 sek.ga, joyidan turib uzunlikka uch hatlab sakrashda 86,67 sm.ga yaxshilangan va balandligi 60 sm.lik tumbaga sakrashda 10,33 martaga o‘sgan;
masofa bo‘ylab yugurishda mashg‘ulotlarning vazifalariga mos ravishda sportchilarning umumiy tezligiga nisbatan o‘zgaruvchan va takroriy fartlek usulini organizmni yuqori yuklamaga moslashtirib qo‘llash natijasida taktik tezlikda yugurish imkoniyati oshirilishiga qaratilgan taklif va tavsiyalar Yengil atletika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining sportda kamolotga erishish guruhidagi to‘siqlar osha yuguruvchi sportchilarning mashg‘ulot jarayonlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 06-01/06/13/7738-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning funksional ko‘rsatkichlari - YUQS – 3,8%ga, Shtange sinovi bo‘yicha – 12,8%ga, Genchi sinovi bo‘yicha – 15,5%ga, O‘TS – 5,1%ga yaxshilangan.