Berdiyev Abduvali Abdug‘aniyevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): XVIII – XIX asrlarda O‘rta Osiyo xonliklarining tashqi diplomatik aloqalari tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar667.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboyevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Hasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Xoliqulov Axmad Boymaxmatovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVIII – XIX asrlarda O‘rta Osiyo xonliklarining tashqi diplomatik aloqalariga doir masalalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek xonliklari diplomatik aloqalarining o‘ziga xos jihatlari, ya’ni, mintaqada xorijiy davlatlarning elchixonalari mavjud bo‘lmagan holda ham qo‘shni mamlakatlar bilan keng miqyosda elchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgani dalillangan;
Xorazm va Eron o‘rtasidagi savdo ikki davlat savdogarlari uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshqa davlat savdo markazlarida ham olib borilgani, ko‘pincha O‘rta Osiyodan Eronga boradigan yo‘ldagi xavf-xatar, katta boj to‘lovlari hamda janubdagi savdo yo‘llari ustida joylashgan mahalliy hukmdorlar tomonidan o‘tkaziladigan tazyiqlardan qochib, Rossiya kabi davlatlarning Eron savdogarlari keladigan shaharlarida savdo-sotiq olib borishgani dalillangan;
diplomatik yozishma turlari, diplomatya madaniyati, an’analari hamda o‘ziga xosliklar, diplomatlarni kutib olish, qabul qilish, kuzatib qo‘ysh marosimlarining tub mohiyati tarixiy nuqtai nazardan ochib berilgan;
Muhyiddin Muhyining “Devoni Muhyi” asari tarixiy voqealarning rivojida Qo‘qon adabiy muhitida yaratilganligi, ushbu asar Qo‘qon elchilarining Usmonli turk davlati arboblariga Qo‘qon xonlaridan “yuqori maktublar” topshirilishi xususidagi ma’lumotlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuni tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
O‘zbek xonliklari diplomatik aloqalarining o‘ziga xos jihatlari, ya’ni, mintaqada xorijiy davlatlarning elchixonalari mavjud bo‘lmagan holda ham qo‘shni mamlakatlar bilan keng miqyosda elchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgani ishonchli manbalar asosidagi noyob ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda tadqiqotning ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2022-yil 12-sentabrdagi 02-31-1489-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvni mazmunan boyitish, tomoshabinlarga O‘rta Osiyo xonliklarining qo‘shni davlatlar bilan aloqalari, yevropalik sayyohlar va ularning asarlaridagi O‘rta Osiyo tarixiga doir ma’lumotlar bilan kengroq tanishish imkoniyati mavjud bo‘lgan;
Xorazm va Eron o‘rtasidagi savdo ikki davlat savdogarlari uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshqa davlat savdo markazlarida ham olib borilgani, ya’ni ko‘pincha O‘rta Osiyodan Eronga boradigan yo‘ldagi xavf-xatar, katta boj to‘lovlari hamda janubdagi savdo yo‘llari ustida joylashgan mahalliy hukmdorlar tomonidan o‘tkaziladigan tazyiqlardan qochib, Rossiya kabi davlatlarning Eron savdogarlari keladigan shaharlarida savdo-sotiq olib borishgani Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan tadqiqotning ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 22-sentabrdagi 01-32/01.09.22-son ma’lumotnomasi). Natijada Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondini mazmunan boyitish, yosh avlodlarning esa O‘rta Osiyo xonliklarining qo‘shni davlatlar bilan aloqalariga doir ma’lumotlar bilan kengroq tanishish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish