Ibadullayev Qaxramon Madaminovichning
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida zamonaviy talablar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari” (xalqaro baholash dasturlari talabi asosida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped374. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davalat pedagogika universiteti. 
Ilmiy maslahatchi: Muxamedov Gafurjon Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Aduzaximova Dilfuzaxon Aliyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ulfat Ilxomoviya Maxkamov, pedagogika fanlari doktori, professor; Nikolay Yevgenievich Veraksa, psixologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urgach davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida xalqaro baholash dasturi talablari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro baholash dasturi talablari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning pedagogik-psixologik aspektlari dunyo ta’limida kuzatilayotgan globallashuv va transformasiyalashuvning umuminsoniylik, qadriyatlilik, umummaqsadlilik tamoyillarini milliy ta’lim tizimi me’yoriy talablariga asoslangan integratsiyalashuv jarayoniga o‘zaro barqaror impulsda kiritish asosida takomillashtirilgan;
xalqaro baholash dasturlari talablari asosida monitoringni tashkil etish va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari milliy ta’lim mazmuni determinantlarini o‘quvchilarning yosh hususiyatlari va rivojlanish vektoriga ergonomik talablar orqali moslashtirish asosida ochib berilgan;
o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning adaptiv modeli ta’limning real o‘lchovli segmentlarini o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan progressiv dinamikli muhitga universallik, normativlik darajalariga ko‘ra moslashtirish asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari o‘quvchilarni akademik faollashtiruvchi imitasion o‘qitish shakllarini variativ kombinasiyali o‘quv muhitida differensial monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
umumta’lim maktablarida xalqaro baholash dasturi talablari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning didaktik ta’minoti strategik va funsional menejment qoidalariga asoslangan o‘quv keyslarni lokal ta’lim kontekstiga jadal integratsiyada optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida xalqaro baholash dastur talablari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xalqaro baholash dasturi talablari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning pedagogik-psixologik aspektlari dunyo ta’limida kuzatilayotgan globallashuv va transformasiyalashuvning umuminsoniylik, qadriyatlilik, umummaqsadlilik tamoyillarini milliy ta’lim tizimi me’yoriy talablariga asoslangan integratsiyalashuv jarayoniga o‘zaro barqaror impulsda kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388 sonli maydagi 01/11-01/10-630-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sifatini baholovchi xalqaro tadqiqot talablari asosida ta’limni tashkil etish va boshqarishning didaktik ta’minoti takomillashtirishga erishilgan;
xalqaro baholash dasturlari talablari asosida monitoringni tashkil etish va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari milliy ta’lim mazmuni determinantlarini o‘quvchilarning yosh hususiyatlari va rivojlanish vektoriga ergonomik talablar orqali moslashtirishga oid xulosalardan Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan nazorat-sinov materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 8 iyundagi 01-386-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarini xalqaro baholash dastur talablari asosida tayyorlashning o‘quv-uslubiy va metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning adaptiv modeli ta’limning real o‘lchovli segmentlarini o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan progressiv dinamikli muhitga universallik, normativlik darajalariga ko‘ra moslashtirishga oid taklif, tavsiya va xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasi “Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 30 iyundagi O‘z/R-1-15-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro baholash tadqiqotlari asosida milliy ta’lim reytingini oshirishning ilmiy va metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari o‘quvchilarni akademik faollashtiruvchi imitasion o‘qitish shakllarini variativ kombinasiyali o‘quv muhitida differensial monitoringli qo‘llashga doir tavsiyalari respublikaning umumta’lim maktablari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buy01/11-01/10-630-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro baholash tadqiqotlari asosida milliy ta’lim reytingini oshirishning ilmiy va metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish