Abdullayeva Gavhar Saparovnaning
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nogironligi bo‘lgan talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda AKTdan foydalanishning korreksion – pedagogik tizimi”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Ped248.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Botirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mavkebayeva Zulfiya Axmetvaliyevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nogironligi bo‘lgan talabalar kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda AKTdan foydalanishning korreksion -pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika ta’limi yo‘nalishida nogironligi bo‘lgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarning akademik faoliyatini samarali tashkil etishning kognitiv, motivatsion-faoliyatli jarayonlarini himoyalovchi-pedagogik rejim bilan mazmunli integrallashuv darajasini real ta’limiy sharoitda barqarorlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
mutaxassislik fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari “Arcane.uz”, “Def Akademiya” “Ta’limiy klaster” rivojlantiruvchi ta’lim muhiti texnologiyalar va multimedia ilovalarini yaratish hamda nogironligi bo‘lgan talabaga yo‘naltirilgan intensiv ta’sirchanlik xususiyatini hisobga olish asosida dalillangan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda AKTdan foydalanish modelining tashkiliy-didaktik bloki o‘zlashtirishning bilishdan qo‘llashgacha bo‘lgan algoritmik bosqichlarida “Arcane.uz” platformasidan foydalanishning metodik talablari hamda korreksion-pedagogik tamoyillarini klasterli integratsiyasida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti korreksion-pedagogik tizimda axborot texnologiyalarni, virtual va elektron vositalardan foydalanishning samaradorligi isbotlangan, o‘zini o‘zi namoyon qilish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni tizimli intensivlikda rivojlantirishga mo‘ljallangan kognitiv faollashtiruvchi majmuaviy o‘quv topshiriqlarini qayta aloqali muhitda dinamikli qo‘llash asosida rivojlantirilgan va faol o‘qitishning ergonomik talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy inklyuziv ta’limda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning korreksion-pedagogik tizimida nogironligi bo‘lgan talabalarning pedagogik-psixologik xususiyatlari inobatga olgan holda, akademik faoliyatini samarali tashkil etishning kognitiv, motivatsion-faoliyatli jarayonlarini himoyalovchi-pedagogik rejim bilan mazmunli integrallashuv darajasini real ta’limiy sharoitda barqarorlashtirish asosida klasterning barcha tomonlaridan unumli foydalanishda tashkiliy shakli sifatida imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nogironligi bo‘lgan talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda AKT dan foydalanishning korerksion-pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
pedagogika ta’limi yo‘nalishida nogironligi bo‘lgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarning akademik faoliyatini samarali tashkil etishning kognitiv, motivatsion-faoliyatli jarayonlarini himoyalovchi-pedagogik rejim bilan mazmunli integrallashuv darajasini real ta’limiy sharoitda barqarorlashtirishga oid takliflar asosida “Maxsus va inklyuziv ta’limda AKT” nomli darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyul dagi 233-son buyrug‘i, 233-0216-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
mutaxassislik fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini “Arcane.uz”, “Def Akademiya” “Ta’limiy klaster” rivojlantiruvchi ta’lim muhiti texnologiyalar va multimedia ilovalarini yaratish hamda nogironligi bo‘lgan talabaga yo‘naltirilgan intensiv ta’sirchanlik xususiyatini hisobga olishga oid takliflari “Defektologlar” Assotsiyasiyasi nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan 2021-2022 yillarda bajarilgan 70-14/101 raqamli “Nogiron talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ijtimoiy moslashuvi” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishga foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-07-4428/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, nogironligi bo‘lgan talabalarning akademik faoliyatini kasbiy sohaga yo‘naltirib tashkil etishning intensivligi ta’minlangan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda AKTdan foydalanish modelining tashkiliy-didaktik bloki o‘zlashtirishning bilishdan qo‘llashgacha bo‘lgan algoritmik bosqichlarida “Arcane.uz” platformasidan foydalanishning metodik talablari hamda korreksion-pedagogik tamoyillarini klasterli integratsiyada optimallashtirishga oid takliflar “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” mavzusidagi dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 7 fevraldagi 04-36-195 son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning xususiy tamoyillari va yondashuvlarini keng targ‘ib etishga erishilgan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti korreksion-pedagogik tizimda axborot texnologiyalarni, virtual va elektron vositalardan foydalanishning samaradorligi isbotlangan, o‘zini o‘zi namoyon qilish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni tizimli intensivlikda rivojlantirishga mo‘ljallangan kognitiv faollashtiruvchi majmuaviy o‘quv topshiriqlarini qayta aloqali muhitda dinamikli qo‘llash asosida rivojlantirilgan va faol o‘qitishning ergonomik talablariga doir takliflari asosida “Koxlear implantli bolalar bilan ish” nomli darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68 - son buyrug‘i). Natijada, umumkasbiy fanlar bo‘yicha interfaol amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga imkoniyati yaratilgan;
oliy inklyuziv ta’limda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning korreksion-pedagogik tizimida nogironligi bo‘lgan talabalarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, akademik faoliyatini samarali tashkil etishning kognitiv, motivatsion-faoliyatli jarayonlarini himoyalovchi-pedagogik rejim bilan mazmunli integrallashuv darajasini real ta’limiy sharoitda barqarorlashtirish asosida klasterning barcha tomonlaridan unumli foydalanishga doir tavsiyalar “Defektologlar” Assotsiyasiyasi nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan 2022-2023 yillarda bajarilgan S-UZ800-21-GR-3172 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalarga inklyuziv muhit yaratish” mavzusidagi xalqaro loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 26 dekabrdagi 02/01-01-113-son ma’lumotnomasi). Natijada inklyuziv oliy kasbiy ta’limda korreksion-pedagogik tizimi samaradorligini oshirishga imkoniyati yaratilgan.