Pulatova Ziyoda Abdumalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak iqtisodchi talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmi (bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash jarayoni misolida)», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1280.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak iqtisodchi talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak iqtisodchi talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi kasbiy o‘zini anglash muhitida muvaffaqiyatga erishish va rivojlanish jarayonining mazmuni va produktivligini iqtisodiy bilimlar mazmuniga intensiv moslashtirish hamda faollik mezonlari va indikatorlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchi talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi ingliz tilida o‘qitish jarayonini tashkil etishning asosiy tamoyillarini til va iqtisodiy tayyorgarlik darajasi hamda kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayoni paradigmal yondashuvning komponentlari va didaktik imkoniyatlar salohiyatiga barqaror uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish modeli rag‘batlantiruvchi-ijodiy topshiriqlarni berish, ijtimoiy faollikni rivojlantirishga qaratilgan qadr-qiymatni ulug‘lashga kreativ yondashish hamda verbal muloqot jarayonida ahloqiy adekvatlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida bo‘lajak iqtisodchilarning ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi fikr va nutq birligini namoyon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning tizimli-funksional komponentlari identivligi, nutq rovonligi va talaffuz aniqligi hamda qayta aloqaga kirishuvchanlik jihatlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili ta’limi muhitida bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarining ijtimoiy faolligini oshirish tizimiga oid tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar:
ingliz tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak iqtisodchi talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi kasbiy o‘zini anglash muhitida muvaffaqiyatga erishish va rivojlanish jarayonining mazmuni va produktivligini iqtisodiy bilimlar mazmuniga intensiv moslashtirish hamda faollik mezonlari va indikatorlarini aniqlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “English for studens of digital economics” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356/7-252-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning ijtimoiy faolligini oshirish jarayonlarini tashkil etish va o‘quv faoliyatini sifat jihatdan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak iqtisodchi talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi ingliz tilida o‘qitish jarayonini tashkil etishning asosiy tamoyillarini til va iqtisodiy tayyorgarlik darajasi hamda kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayoni paradigmal yondashuvning komponentlari va didaktik imkoniyatlar salohiyatiga barqaror uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish oid tavsiyalar “Foreign language “Integrated skills with Economy” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan 233-0641-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bu takliflar bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularni talabalar bilan ishlash, talabalarni mustaqil ta’lim olishi va ularda ingliz tili ta’limidagi mustaqil ishlar mazmunini o‘zlashtirishlarini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish modeli rag‘batlantiruvchi-ijodiy topshiriqlarni berish, ijtimoiy faollikni rivojlantirishga qaratilgan qadr-qiymatni ulug‘lashga kreativ yondashish hamda verbal muloqot jarayonida ahloqiy adekvatlikni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “English for studens of digital economics” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356/7-252-son nashr ruxsatnomasi). Natijada “Xorijiy til” fanini o‘rganish jarayonida mobil ilovada keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish jarayonida talabalarning ijtimoiy va kommunikatitv kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
ingliz tili darslarida bo‘lajak iqtisodchilarning ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi fikr va nutq birligini namoyon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning tizimli-funksional komponentlari identivligi, nutq rovonligi va talaffuz aniqligi hamda qayta aloqaga kirishuvchanlik jihatlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Foreign language “Integrated skills with Economy” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan 233-0641-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak iqtisodchi talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish intellektiga ega mutaxassisni tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan.