Yuvashov Sherzod Ulmasovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi (“Tarbiya” fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2874.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matjonov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor, Nafasov Doniyor Shernafasovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Tarbiya” fani asosida o‘quvchilarida altruistik fazilatlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishda ta’limning motivatsion, refleksiv va muhitga moslashish xususiyatlari emotsionallik va aqliy yondashuvlar uyg‘unligining ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillarga ta’sir darajasi barqarorligining zamonaviy pedagogik paradigmalarga muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda altruistik fikrlash tarzini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari fikr yuritishning motivatsion, refleksivlik va operatsion ko‘nikmalarini altruistik xulq-atvorning yo‘naltiruvchi, emotsional barqarorlik va mazmunli komponentlariga mazmunan va progressiv monitoringli qo‘llash orqali moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli tarbiyaning rivojlantiruvchi maqsadiga ko‘ra refleksiv yondashuvning yaxlitlik, o‘zaro aloqadorlik, sub’ektivlik, o‘z-o‘zini aks ettirish tamoyillarining pedagogik-psixologik fanlarni o‘qitish imkoniyatlariga to‘g‘ri proporsional aloqadorlikka egaligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning refleksiyasi va immunitetini rivojlantirishning pedagogik asoslari altruistik fazilatlarni rivojlantirishda emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv ko‘nikmalarni tarbiya tamoyillariga muvofiq shakllantirish va korreksion-rivojlantiruvchi tavsifga ega auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi aniq maqsadlarga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oila va sotsium hamkorligi omillarini tizimli tahlil etish va ratsional boshqarish asosida aniqlashtirilgan o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishda ta’limning motivatsion, refleksiv va muhitga moslashish xususiyatlari, fikr yuritishning motivatsion, refleksivlik va operatsion ko‘nikmalarini altruistik xulq-atvorning yo‘naltiruvchi, emotsional barqarorlik va mazmunli komponentlariga kognitiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarda altruistik fikrlash tarzini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan 2020-2021 yillardagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tadbirlar rejasining metodik asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 22 dekabrdagi sentyabrdagi 02/02/1713-raqamli dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishda ta’limning motivasion, muhitga moslashish, refleksivlik hususiyatlarini rasional boshkarish, oila va sosium hamkorligi omillarini tizimli tahlil etish orqali ochib berilgan;
refleksiv yondashuvning yaxlitlik, o‘zaro aloqadorlik, sub’ektivlik, o‘z-o‘zini aks ettirish tamoyillarining pedagogik-psixologik fanlarni o‘qitish imkoniyatlariga to‘g‘ri proporsional aloqadorlikka egaligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli modeli hamda o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha takliflar Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida amaliyotga joriy etilgan va “Uzliksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 5 sentyabrdagi 01/11-02/02-1409-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy fikr mulohazalar, taklif va tavsiyalar konsepsiyaning nazariy-metodologik jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
altruistik fazilatlarni rivojlantirishda emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish va korreksion-rivojlantiruvchi tavsifga ega auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni aniq maqsadga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning refleksiyasi va immunitetini rivojlantirishning pedagogik asoslari bo‘yicha natijalardan umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasini takomillashtirish O‘zbekiston Respulikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish jarayonida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 5 sentyabrdagi 01/11-02/02-1409-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy-metodologik ta’minot boyitilgan.