Shermatov Maxsud Najimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aralash ta’lim sharoitida bo’lajak jismoniy tarbiya o’qituvchilarining faoliyat kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro`yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1993.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muqimov Ma’ruf Olimovich, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD); 
Yetakchi tashkilot: Qo’qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aralash ta’lim sharoitida bo’lajak jismoniy tarbiya o’qituvchilarining faoliyat kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining faoliyat kompetentligini shaklantirishda harakatlar mohiyatini anglash, amalda qo‘llash hamda o‘rgata olish ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik jarayonda qo‘llash imkoniyatlari faoliyat kompetentligini talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan uyg‘un shaklantirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining faoliyat kompetentligini shakllantirish modeli pedagogik faoliyatning mazmuniy (kognitiv, qadriyatli, refleksiv), aralash ta’lim (an’anaviy, masofaviy, mustaqil ta’lim) va ta’lim klasteri sharoiti (uzviylik, izchillik, umumiy maqsad) komponentlari taksonomiyasini real vaqt rejimida qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan; 
talabalar faoliyat kompetentligini shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘quv materiallari ta’lim mazmunini innovatsion muhit sharoitiga muvofiq aralash ta’lim shaklida taqsimlash, aralash darslarni talabalarning individual ta’lim traektoriyasiga va faoliyatga oid maxsus kurs metodikasini assisment, virtual klub, keys va interfaol mashqlarga nisbatan optimal moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining faoliyat kompetentligini rivojlantirish metodikasi shaxsiy-faoliyatli, kompetentlikka yo‘naltirilgan, aralash ta’lim va klaster sharoitiga moslashtirilgan maxsus usullarni qo‘llashda kross-madaniy ta’lim imkoniyatlarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar talabi asosida kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aralash ta’lim sharoitida bo’lajak jismoniy tarbiya o’qituvchilarining faoliyat kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar: 
faoliyat kompetentligini talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan uyg‘un shaklantirish asosida aniqlashtirilgan    bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining faoliyat kompetentligini shaklantirishda harakatlar mohiyatini anglash, amalda qo‘llash hamda o‘rgata olish ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik jarayonda qo‘llash imkoniyatlari, shaxsiy-faoliyatli, kompetentlikka yo‘naltirilgan, aralash ta’lim va klaster sharoitiga moslashtirilgan maxsus usullarni qo‘llashda kross-madaniy ta’lim imkoniyatlarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar talabi asosida kengaytirish orqali takomillashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining faoliyat kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha berilgan takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-012 “Uzluksiz ta’lim yangi avlod o‘quv adabiyotlari va uning elektron darsligini yaratishning metodikasi (“O‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish” fani misolida)” (2016-2017 yy.) amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-07-4430/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini shaklantirishdagi amaliy kompetentlik mezonlari joriy etilgan;
pedagogik faoliyatning mazmuniy (kognitiv, qadriyatli, refleksiv), aralash ta’lim (an’anaviy, masofaviy, mustaqil ta’lim) va ta’lim klasteri sharoiti (uzviylik, izchillik, umumiy maqsad) komponentlari taksonomiyasini real vaqt rejimida qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining faoliyat kompetentligini shakllantirish modeli, aralash klaster sharoitida talabalar faoliyat kompetensiyasini shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘quv materiallar mazmuni pedagoglarning kasbiy imkoniyatini kengaytirishga ko‘maklashuvchi (aralash ta’lim shaklida taqsimlash, aralash darslarni o‘tish, faoliyatga oid maxsus kurs metodikasi) o‘quv-metodik ta’minotlar ishlab chiqishga oid tavsiyalar “Sport va harakatli o‘yinlar (futbol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 223-0030-ro‘yxatga olish raqamli nashr guvohnoamasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari faolligini ta’minlashdaga mustaqil ta’limni tashkil qilish samaradorligi oshgan;
ta’lim mazmunini innovatsion muhit sharoitiga muvofiq aralash ta’lim shaklida taqsimlash, aralash darslarni talabalarning individual ta’lim traektoriyasiga va faoliyatga oid maxsus kurs metodikasini assisment, virtual klub, keys va interfaol mashqlarga nisbatan optimal moslashtirish asosida takomillashtirilgan talabalar faoliyat kompetentligini shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘quv materiallari, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining aralash ta’lim sharoitidagi faoliyatining mazmuniy komponenti, aralash ta’lim sharoiti, faoliyat metodologiyasi, pedagogik va metodik komponentlarini belgilashga oid tavsiyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Yo 0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” (2017-2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-07-4430/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning faoliyat kompetensiyasini shakllantirishning innovatsion yondashuvlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish