Nurmatova Tojinisa Sobirjanovnaning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir yoshlarda arterial gipotoniyani shakllanishi, klinik kechishi va profilaktikasi xususiyatlari (epidemiologik tekshiruv natijalari)” 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD/ Tib2987.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD 04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Zaxidova Mashxura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshaxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir yoshlarda arterial gipotoniyaning shakllanishi, klinik kechishi va profilaktikasi xususiyatlarini epidemiologik tadqiqotlar orqali aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:        
ilk bor Farg‘ona vodiysi o‘smirlari populyasiyasida arterial gipotoniyaning barcha turlari (birlamchi, ikkilamchi, fiziologik, patologik, o‘tkir, surunkali, neyrokardial, ortostatik, TIX, KSS, kardioaritmik va DDCh) o‘spirinlarda (18-22 yosh) o‘smirlarda ArGa (15-17 yosh) nisbatan o‘smirlar populyasiyasida uchrashi sababli statistik ishonarli darajalarda ko‘proq uchrashi isbotlangan;
ilk bor o‘smirlarda arterial gipotoniyaning shakllanishi, klinik kechishi va asoratlanishi xatar omillariga (ruhiy zo‘riqish, kashandalik, alkogolga bog‘liqlik, ijtimoiy-iqtisodiy, giperxolesterinemiya, gipertrigliseridemiya, irsiy moyillik, ortiqcha tana vazni, gipodinamiya, meva-sabzavotning ratsionda kamligi, nomuntazam ovqatlanish, surunkali ortiqcha ovqat eyish, mul`timorbidlik sindromi, I-chi qon guruhi va dori-darmonlarni tartibsiz qabul qilish) xavf omillariga bog‘liqligi sababli to‘g‘ri proporsional korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor vodiy o‘smirlarida arterial gipotoniyaning zamonaviy klinik kechishi aksariyat klinik simptomlar va sindromlar (umumiy simptomlar, vazodepressorli sinkop, postural sinkop, sinokarotidli sinkop, gepovolemik sinkop, kardioaritmik sinkop, giperventilyasiyali sinkop va postprandial reaksiyalar) bilan ushbu omillar sababli uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor Farg‘ona vodiysi o‘smirlari populyasiyasida arterial gipotoniya barcha turlarining an’anaviy tus bilan kechishi noan’anaviy (subklinik) klinik kechishiga nisbatan o‘smirlar populyasiyasi uchrashi sababli yuqori darajada uchrashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘smir yoshlarda arterial gipotoniyaning shakllanishi, klinik kechishi va profilaktikasi xususiyatlarini epidemiologik tadqiqotlar orqali aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarda arterial gipotoniyaning profilaktikasi xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yuvenil arterial gipotoniya profilaktikasini muvofiqlashtirishning skriningli usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/312-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi o‘smirlarda arterial gipotoniyani erta aniqlash va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga  hamda profilaktik chora-tadbirlarni barvaqt amalga oshirishga xizmat qilgan;
o‘smirlarda arterial gipotoniyaning shakllanishi, klinik kechishi va profilaktikasi xususiyatlarini epidemiologik tadqiqotlar orqali aniqlashdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali va Namangan shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot makazi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 oktyabrdagi 08-32283-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi o‘smirlarda arterial gipotoniya xavf omillari to‘g‘risida xabardorligini oshirishga, erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llashga, yaratilgan profilaktik chora-tadbirlar dasturi kasallik asoratlarini kamaytirishga xamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish