Xolikova Nargiza Abdumajitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bronxial astmaning zo‘rayishini baholashning zamonaviy xususiyatlari, davolashning muqobil usullari va oldini olish (20 yillik kuzatuv natijalari)” 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2035.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Saloxiddinov Odiljon Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Soliev Kodir Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astmani avj olishining zamonaviy xususiyatlarini baxolash va tezkor davolash – profilaktikasini muqobillashtirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bronxial astmaning avj olishini zamonaviy xususiyatlari Farg‘ona vodiysi sharoitida baxolandi va tezkor davolash profilaktikasi takomillashtirilgan;
ilk bor vodiy sharoitida bronxial astmaning avj olinishini epidemiologik xududiy tavsiflari aniqlangan;
ilk bor 20 yillik farmakoepidemiologik monitoring amalga oshirildi va bronxial astmani birlamchi xamda ikkilamchi dorili profilaktikasi tizimi asoslangan;
Farg‘ona vodiysi uchun ilk bora bronxial astmani kechikmasdan tashxislash va tezkor davolash – profilaktikasini muqobillashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astmada kasallik avj olishining zamonaviy xususiyatlarini baholash va tezkor davolash – profilaktikasini muqobillashtirishning klinik-epidemiologik hamda farmakomonitoringli strategik jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bronxial astmani barvaqt aniqlash, davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bronxial astmani barvaqt aniqlash, tezkor davolash va profilaktikasini muqobillashtirish yo‘llari uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 dekabrdagi 8n–z/686-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma BAni avj olishining zamonaviy-hududiy xususiyatlarini baholashni muqobillashtirish, kasallikning xavf omillarini ishonchli tashxislash, klinik kechishni aniq ochish va baholash, davolashda xalqaro dasturlarga rioya qilingan holda tashxisotning aniqlik darajasini hamda spesifik (hududiy) profilaktikasi samaradorligini oshirish, shuningdek kasallikning asoratlanishi va qaytalanishi xavfini kamaytirish, nazorat qilish darajasini keskin kuchaytirish imkonini bergan;
BA avj olishining zamonaviy xususiyatlarini baholash va tezkor davolash – profilaktikasini muqobillashtirish bo‘yicha 20 yillik monitoring asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon va Namangan filiallari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 27 yanvardagi 08-01678-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi ushbu kasallikka chalingan bemorlarda davolash samaradorligini 100% ga oshirish, asoratlar chastota 2 sini 90% gacha kamaytirish, kasallikning qaytalanish ehtimolini 70% gacha bartaraf etish va qoniqarli natijalar ulushini (davolash, tezkor profilaktika bo‘yicha) 85% dan 95% gacha oshirish imkonini bergan.