Suyunov Sherzod Boliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda milliy o‘zlikni anglashda o‘zbek tilining ijtimoiy-falsafiy ahamiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal505.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Melikova Martaba Numanovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘zimurodov Siroj Madatovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxs ma’naviyati va milliy ongining shakllanishida milliy tilning jamiyatdagi aloqa vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy o‘zlikni anglashda milliy til taraqqiyoti bilan bog‘liq deterministik va dialektik xususiyatlarini aniqlash orqali o‘zbek tilidan foydalanishning ratsional mezonlarini rivojlantirish zarurligi asoslangan;
globallashuv jarayonida o‘zbek tilining ijtimoiy glottometrik darajasini milliy qadriyatlar asosida oshirish va uning shaxs milliy-badiiy tafakkuri rivojiga ta’sirini tizimlilik, izchillik, uzluksizlik singari mezonlar orqali singdirib borish zarurligi mantiqiy dalillangan;
o‘zbek tilining ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyati yangi tarixiy davr kontekstida milliy qadriyat sifatida shaxs o‘zligini anglash ekzistensiyasiga dinamik, statik, strukturaviy ta’sir ko‘rsatishi dalillangan;
milliy tilning shaxs o‘zligini anglashdagi funksional ta’siri inson ma’naviy-axloqiy madaniyatini yuksalishida birlamchi omil ekanligi falsafiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda milliy o‘zlikni anglashda o‘zbek tilining ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va takliflar asosida:
milliy o‘zlikni anglashda milliy til taraqqiyoti bilan bog‘liq deterministik va dialektik xususiyatlarini aniqlash orqali o‘zbek tilidan foydalanishning ratsional mezonlarini rivojlantirish zarurligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV-yo‘nalishiga oid Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusidagi 18-bandini ta’minlashda va ma’naviyat soatlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 28-iyundagi 02/02/1139-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy o‘zlikni anglash va milliy til taraqqiyotining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini asoslashga xizmat qilgan;
globallashuv jarayonida o‘zbek tilining ijtimoiy glottometrik darajasini milliy qadriyatlar asosida oshirish va uning shaxs milliy-badiiy tafakkuri rivojiga ta’sirini tizimlilik, izchillik, uzluksizlik singari mezonlar orqali singdirib borish zarurligiga oid taklif va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi PZ-20170927147-raqamli amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 18-iyuldagi 04/1-2092-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash va milliy til taraqqiyotini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilining ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyati yangi tarixiy davr kontekstida milliy qadriyat sifatida shaxs o‘zligini anglash ekzistensiyasiga dinamik, statik, strukturaviy ta’sir ko‘rsatishiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar instituti ERASMUS+ dasturi 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida hisoblash lingvistika bo‘yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi belgilangan amaliy vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 22-iyundagi 1839-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining milliy xususiyatlari hamda o‘zbek tilining ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyatini elektron bazaga kiritishga xizmat qilgan;
milliy tilning shaxs o‘zligini anglashdagi funksional ta’siri inson ma’naviy-axloqiy madaniyatini yuksalishida birlamchi omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2022-yil 10-iyun kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand!” ko‘rsatuvining navbatdagi dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 11-iyundagi 01-12/230-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson ma’naviy-axloqiy madaniyatining yuksalishida o‘zbek tilining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish