Abdullaev Sherzod Raxmatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z zamburug‘li kasalliklarining etiopatogenezi, klinikasi, tashxisi va davolash», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib40.

Ilmiy rahbar: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;

Nabiev Ta’lat Abduvaxabovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Siloam Eye Hospital (Janubiy Koreya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘z zamburug‘li kasalliklarining etiopatogenetik kechish xususiyatlari asosida tashxislash va davolash tizimini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ko‘z zamburug‘li kasalligi bilan xastalangan bemorlardagi kasallik kechishining murakkabligi, tashxislash va davolash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;

oftal`momikozlarda immunobiokimyoviy o‘zgarishlar kasallik patogenezining o‘ziga xos xususiyatlari, anaerob glikoliz natijasidagi to‘qima ishemiyasi, gipoksiya, fosfolipidlarning peroksidatsiya mahsulotlari konsentratsiyasini sezilarli darajada ortishi isbotlangan;

ko‘z zamburug‘li kasalliklarida immun tizim disregulyasiyasini o‘tkir faza reoktantlarining miqdori, sitokinlar hamda antioksidant tizimidagi buzilishlar isbotlangan;

kon’yunktivit bilan og‘rigan bemorlarga zamburug‘ga qarshi dori vositalaridan foydalanganda immunomodulyatorlarning immunologik ko‘rsatkichlarini yaxshilanishga ta’siri  mexanizmi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ko‘z zamburug‘li kasalliklarining etiopatogenezi, klinikasi, tashxisi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Oftal`momikozlarni tashxislash va davolashga differensial yondashuv» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 8n-d/104-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ko‘ruv a’zolarining zamburug‘lar bilan zararlanishning etiopatogenezini aniqlash, kasallikni tashxislash, klinikasi, davolash va  kasallikning oldini olishning tizimli tartibini shakllantirish imkonini bergan;

ko‘z zamburug‘li kasalliklarining etiopatogenezini aniqlash, kasallikni tashxislash va davolashning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi davolash-maslahat faoliyatiga, Sirdaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari oftal`mologik shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 8n-d/104–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi ko‘ruv a’zolarining zamburug‘li kasalliklarini tashxislashning 25%ga, shuningdek, kasallikning 14 kunidan keyin esa 26,7%ga yaxshilanishi ta’minlangan;

«Ko‘zni tekshirishda qo‘llaniladigan fotokamerani mahkamlash uchun qurilma» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 20130101). Mazkur usul bemorlarning ko‘z oldingi qismini rasmga olib, ko‘ruv a’zolari kasalliklarini aniqlash va dalillarga asoslangan tibbiyot asosida boshqa kasalliklar bilan differensial tashxislash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish