Utegenova Jamila Djolmurzayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virtual reallik XX asr madaniy fenomeni sifatida”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat falsafasi va madaniyashunoslik) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal663. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Usmonov Farrux Nasirdinovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual reallik XX asr madaniy fenomeni ekanligini ochib berish va uni zamonaviy madaniy taraqqiyotdagi o‘rnini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual obyekt (virtual olam obyekti) hodisasi yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi va ularni madaniy tizimda ishlatish usullarini yaratishdagi strukturaviy-funksional, regulyativ-baholovchi mezonlari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
virtual madaniyatni ko‘p o‘zgaruvchan tabiatining arxetipik model konstruksiyalari aniqlanib, virtual olamlarning qaytaruvchanligi aksiologik va axloqiy dominantlarning idrok etishdagi potensial imkoniyatga egaligi asoslangan; 
immersiv virtual reallik madaniyat va jamiyatga ta’sir o‘tkazish uchun yuqori salohiyatga ega bo‘lgan virtual reallikning maxsus elementi ekanligi hamda madaniy amaliyotning yangi shakllari va insonning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish omillarining rivojlanishi bilan bog‘liq ekanligi asoslangan; 
axborot madaniy globallashuv fenomeni sifatida ijodiy madaniyatni shakllantirishda dominantlikka va virtual reallikda madaniy jarayonlar qaytariladigan hamda o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtual reallik XX asr madaniy fenomeni sifatida mavzuini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
virtual obyekt (virtual olam obyekti) hodisasi yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi va ularni madaniy tizimda ishlatish usullarini yaratishdagi strukturaviy-funksional, regulyativ-baholovchi mezonlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170915198 “Qoraqalpog‘iston jamiyatidagi ijtimoiy ko‘rsatmalar transformatsiyalanishi: tarix va amaliyot” mavzusidagi amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 17 oktyabr 398/1-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyixada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash asosida madaniy ishlar tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
virtual madaniyatni ko‘p o‘zgaruvchan tabiatining arxetipik model konstruksiyalari aniqlanib, virtual olamlarning qaytaruvchanligi aksiologik va axloqiy dominantlarning idrok etishdagi potensial imkoniyatga egaligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 yanvardagi 23-son “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori va mavzuga oid boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 27 sentyabrdagi 01-01/1-3055-son). Natijada yoshlar tarbiyasi sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, uni amalga oshirish shakllari, usullari va mexanizmlarini ishlab chiqishdagi qonun va qonun osti hujjatlari, shuningdek sog‘lom avlod, avlodlar bardavomligida axloq, qadriyatlarni ma’naviy ahamiyatiga oid yo‘riqnoma, qo‘llanmalarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
immersiv virtual reallik madaniyat va jamiyatga ta’sir o‘tkazish uchun yuqori salohiyatga ega bo‘lgan virtual reallikning maxsus elementi ekanligi hamda madaniy amaliyotning yangi shakllari va insonning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish omillarining rivojlanishi bilan bog‘liq ekanligiga oid ilmiy-amaliy taklif-tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 01-113-son “Yo‘l xarita”sining “Axborot texngologiyalaridan foydalangan holda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda raqamli targ‘ibot ishlarini rivojlantirish” nomli bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda va “Ma’naviyat festivali” tadbir dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 9 iyundagi 01-13/158-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, ma’naviy ahamiyatiga oid yo‘riqnoma va qo‘llanmalarni shakllantirishga samarali xizmat qilgan;
axborot madaniy globallashuv fenomeni sifatida ijodiy madaniyatni shakllantirishda dominantlikka va virtual reallikda madaniy jarayonlar qaytariladigan hamda o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan 2021 yil I chorak davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 49-bandidagi hududlarda raqamli texnologiyalari o‘quv markazlarini tashkil etish, 50-bandidagi maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasini keng xududda joriy qilish, 51-bandidagi har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan raqamli texnologiyalari o‘quv markazlarida o‘quv kurslarini tashkil etish, 52-bandidagi mahalla yoshlar o‘rtasida kiber sport turlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchiligini tashkil etish, 55-bandidagi axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02-07/216-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni rag‘batlantirilishda, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish