Kolenko Evgeniy Vyacheslavovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikning ayrim masalalari: xalqaro standartlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu5.
Ilmiy rahbar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Axrarov Baxram Djabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korrupsiyaga oid jinoyatlar pora olganlik uchun javobgarlik sohasida O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy davlatlarning mansabdor shaxslari, xalqaro jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan tashkilotlarning mansabdor shaxslari, shuningdek ommaviy xizmatlar ko‘rsatish yoki ommaviy xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari uchun javobgarlik normalarini differentsiatsiya qilish zarurati asoslantirilgan;
mukofot so‘ralgan paytdan boshlab jinoyatning tugashi belgilanib, kesik tarkibli pora olish tarkibi konstruktsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab pora olish jinoyat sifatida belgilanishi, shuningdek pora olish predmeti sifatida nomulkiy tusdagi manfaatlar va kriptoaktivlarni belgilash hamda tajovuzning ob’ekti va motivini qayta ko‘rib chiqish zarurati asoslangan;
pora olganlik uchun javobgarlikning jinoiy-huquqiy rejimini, jumladan, jazo va javobgarlikdan ozod qilish institutlarini qo‘llashni cheklash, ushbu toifadagi qilmishlar uchun jazolash yondashuvlarini takomillashtirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
pora olish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish zarurligi to‘g‘risidagi taklif yangi tahrirda tayyorlangan Jinoyat kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 15-noyabrdagi 27/2-374-22-son dalolatnomasi). Takliflar poraxo‘rlik sub’ektlarini kengaytirish va ob’ektiv tomonlarini oydinlashtirish orqali pora olish to‘g‘risidagi normalarni takomillashtirish imkonini bergan;
poraxo‘rlik holatlari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish muddatini uzaytirish, shuningdek, jazodan ozod qilish bo‘yicha cheklovlarni belgilash nuqtai nazaridan qonunchilikni takomillashtirish zarurligi to‘g‘risidagi takliflar Jinoyat kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 7-apreldagi 28-son dalolatnomasi). Natijalar pora evaziga og‘dirib olish uchun milliy jinoiy-huquqiy javobgarlik rejimini mustahkamlash imkonini bergan;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ixtisoslashtirilgan normativ hujjatni qabul qilish zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil 27-fevraldagi 2-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy jinoiy-huquqiy vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qoidalarni joriy etish imkonini bergan;
kriptoaktivlarni tergov jarayonida xatlash, saqlash va musodara qilish natijasida kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar sohasidagi jinoyat yoki jinoiy daromadlar predmeti sifatida tasniflash zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 25 maydagi “Kriptoaktivlarni hibsga olish, saqlash va musodara qilish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 40-sonli qo‘shma qarorining 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 29-noyabrdagi 30/5a-22-168-son dalolatnomasi). Natijalar kriptoaktivlarni jinoyat va jinoiy daromadlar, shu jumladan pora olish yo‘li bilan olingan bo‘lsa, predmetiga kiritish imkonini bergan.