Murodaliyev Raxmonali Xaydarali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turk xoqonligi davri Choch vohasi chorvadorlari madaniyati”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar818.
Ilmiy rahbar: Maqsudov Farhod Alijonovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali Asqarovich, O‘zRFA Milliy arxeologiya markazi, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Pardayev Muxtorqul Hasanovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arxeologik materiallar asosida Turk xoqonligi davri Choch vohasining ko‘chmanchi chorvadorlariga taaluqli moddiy madaniyat tarixini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turk xoqonligi davri Choch vohasi chorvadorlari madaniyatining tarixshunoslik masalalari “O‘lkashunoslik bosqichi” (1876–1910-yy.), “Ilmiy-amaliy izlanishlar bosqichi” (1920–1940-yy.), “Ilmiy asoslangan statsionar izlanishlar bosqichi” (1950–1991-yy.) va “Mustaqillik davri izlanishlari” (1991-yildan buyon) kabi 4 bosqichda ochib berilgan;
Turk xoqonligi davriga kelib Choch vohasi tekislik hududlarida katakomba qabr turlari yo‘qolib ketgani, vohaning tog‘li tegralarida esa bu madaniy an’ananing saqlanib qolgani G‘arbiy Tangritog‘ tizmasidagi So‘ngak qabristoni misolida isbotlangan;
VII asrning o‘rtalaridan G‘arbiy Turk xoqonligida sodir bo‘la boshlagan siyosiy bosh-boshdoqlik natijasida Chochdagi tegin va tudun kabi unvonlarga ega shaxslarning siyosiy mustaqillikka intilishi ma’muriy-boshqaruv an’analarida o‘rnatilgan tartib-qoidalarning buzilib borganligini anglatishi dalillangan;
Turk xoqonligi davri Choch vohasi chorvadorlari madaniyatidagi ko‘mish udumlariga xos bo‘lgan balbal shaklidagi tosh haykallar asosida bu davrda turklashuv jarayonining jadal kechganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Turk xoqonligi davri Choch vohasining ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati» mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Turk xoqonligi davri Choch vohasi chorvadorlari madaniyatining tarixshunoslik masalalari “O‘lkashunoslik bosqichi” (1876–1910-yy.), “Ilmiy-amaliy izlanishlar bosqichi” (1920–1940-yy.), “Ilmiy asoslangan statsionar izlanishlar bosqichi” (1950–1991-yy.) va “Mustaqillik davri izlanishlari” (1991-yildan buyon) kabi 4 bosqichda ochib berilganligi hamda Turk xoqonligi davriga kelib Choch vohasi tekislik hududlarida katakomba qabr turlari yo‘qolib ketgani, vohaning tog‘li tegralarida esa bu madaniy an’ananing saqlanib qolgani G‘arbiy Tangritog‘ tizmasidagi So‘ngak qabristoni misolida isbotlanganligi xususidagi xulosalar Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasining madaniy meros targ‘iboti faoliyatini yuritishda foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2023-yil 14-fevraldagi 02-08/349 - son ma’lumotnomasi). Bunda, So‘ngak mozor-qo‘rg‘oni inson osteologiyasining bioarxeologik o‘rganilishi davomida, bosh deformatsiyasi (bir bosh chanoqning kraniologik o‘lchash uslubi asosida halqali deformatsiyaga ega ekanligi), mozor-qo‘rg‘ondan qo‘lga kiritilgan ot anjomlari hamda kiyim bezaklari kabi moddiy madaniyat unsurlarining Turk xoqonligi davrida Markaziy Osiyo sharqiy tegralari ko‘chmanchi xalqlari ta’sirida shakllangani, So‘ngak mozor-qo‘rg‘oni “qabr tortiqlari”ning tahlili asosida ilk o‘rta asr Choch vohasi tog‘li tegra ko‘chmanchi aholisining ko‘mish udumlarida bu yerda Turk xoqonligining sharqiy qismlaridan kirib kelgan yangicha ot kul’tining mahalliy udumlar bilan sintezi kabi ilmiy xulosalaridan boshqarmaning moddiy-madaniy va arxeologiya merosini asrab-avaylash, targ‘ib qilish faoliyatida keng qo‘llanilgan.
VII asrning o‘rtalaridan G‘arbiy Turk xoqonligida sodir bo‘la boshlagan siyosiy bosh-boshdoqlik natijasida Chochdagi tegin va tudun kabi unvonlarga ega shaxslarning siyosiy mustaqillikka intilishi ma’muriy-boshqaruv an’analarida o‘rnatilgan tartib-qoidalarning buzilib borganligini anglatishi dalillanganligi hamda Turk xoqonligi davri Choch vohasi chorvadorlari madaniyatidagi ko‘mish udumlariga xos bo‘lgan balbal shaklidagi tosh haykallar asosida bu davrda turklashuv jarayonining jadal kechganligi isbotlanganligi yuzasidan tahlillariga oid materiallardan Milliy arxeologiya markazida 2018–2021-yillarda bajarilgan «PZ-201709287 – O‘rta asrlarda shimoli-sharqiy O‘zbekiston tabiiy landshaftlarining o‘zlashtirilishi» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 10-fevraldagi 3/1255-301 - son ma’lumotnomasi). Xususan, loyihaning ko‘chmanchilar madaniyatini o‘rganish borasidagi tadqiqotlarida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan So‘ngak mozor-qo‘rg‘onida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida to‘plangan topilmalar asosida hududning hunarmandchilik tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti masalalariga taalluqli ilmiy xulosalardan foydalanilgan.