Muhammadiev Akmal G‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta paleolit davrida tosh xomashyosidan foydalanish strategiyalari (Muzbel, Xatak va Angillak yodgorliklari materiallari asosida)”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1264.
Ilmiy rahbar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Samarqand davlat universiteti, tarix fanlari doktori, dotsent Xolmatov Normahammad O‘rozovich va Farg‘ona davlat universiteti tarix fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Turg‘unovna Mirsoatova.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta paleolit davri Muzbel, Xatak va Angillak makonining arxeologik materiallarini ochib berish, yodgorlikning madaniy-davriy xususiyatlarini va bu erda yashagan ibtidoiy jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy va kundalik turmush tarzini hamda tosh xomashyosidan foydalanish strategiyalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muzbel yodgorligi asosida o‘rta paleolit davri yodgorliklarining yangi hududiy tipi ajratilib, yodgorlikda tosh xomashyo zahiralarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish strategiyasining mavsumiy va faol mobil turmush-tarziga asoslangan turi aniqlangan;
o‘rta paleolit davriga oid Xatak yodgorligida xomashyodan foydalanishning aralash strategiyasi qo‘llanilganligi aniqlanib, mahalliy chaqmoqlashgan ohaktosh manzilgohda ekstensiv ravishda boshqa turdagi sifatli xomashyolar esa intensiv tarzda foydalanilganligi isbotlangan;
Xatak va Angillak yodgorliklari kolleksiyalarida sifatli chaqmoqtosh va chaqmoqlashgan tog‘ jinslari xomashyosi nukleuslar, tanovarlar va qurollar tarzida manzilgohga transportirovka qilinganligi aniqlangan;
Muzbel yodgorligi zamonaviy tipga yaqin inson jamoalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi, Xatak va Angillak yodgorliklarida xomashyo strategiyasi Ohangaron vohasidan farq qilib, ikkala yodgorlikda ham birinchi navbatda mahalliy xomashyo manbalari o‘zlashtirilganligi va bu faoliyat neandertal odami jamoalari bilan bog‘liq bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muzbel, Xatak va Angillak yodgorliklari tosh industriyalari petrografik va texnik-tipologik o‘rganish natijasida o‘rta paleolit davri xomashyodan foydalanish stratgiyalari haqida qo‘lga kiritilgan ilmiy ma’lumotlar asosida:
Muzbel yodgorligi asosida o‘rta paleolit davri yodgorliklarining yangi hududiy tipi ajratilib, yodgorlikda tosh xomashyo zahiralarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish strategiyasining mavsumiy va faol mobil turmush-tarziga asoslangan turi aniqlanganligi o‘rta paleolit davriga oid Xatak yodgorligida xomashyodan foydalanishning aralash strategiyasi qo‘llanilganligi aniqlanib, mahalliy chaqmoqlashgan ohaktosh manzilgohda ekstensiv ravishda boshqa turdagi sifatli xomashyolar esa intensiv tarzda foydalanilganligi isbotlanganligi yuzasidan olingan ilmiy natijalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ibtido”, ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023 yil 10 fevraldagi 02-32/220-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar teletomashabinlarga tosh davrida yashagan ibtidoiy odamlarning tarixi, moddiy va madaniy hayotini o‘rganishlarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Xatak va Angillak yodgorliklari kolleksiyalarida sifatli chaqmoqtosh va chaqmoqlashgan tog‘ jinslari xomashyosi nukleuslar, tanovarlar va qurollar tarzida manzilgohga transportirovka qilinganligi aniqlanganligi hamda Muzbel yodgorligi zamonaviy tipga yaqin inson jamoalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi, Xatak va Angillak yodgorliklarida xomashyo strategiyasi Ohangaron vohasidan farq qilib, ikkala yodgorlikda ham birinchi navbatda mahalliy xomashyo manbalari o‘zlashtirilganligi va bu faoliyat neandertal odami jamoalari bilan bog‘liq bo‘lganligi aniqlanganO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligi tomonidan moddiy-madaniy va arxeologik merosni asrab-avaylashni targ‘ib qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligining 2023 yil 16 fevraldagi 04-08/378-son xati). Natijalar O‘zbekistonning tarixi va madaniy merosini targ‘ibotiga xizmat qilgan.