Taniqulov Jonibek Ashirkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoatchilik fikrini shakllantirishda media axborot tizimning funksional integrasiyalashuvi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal570.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Xajiyeva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Sodiqova Shoxida Marxaboyevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi media axborot tizimning funksional integrasiyalashuvi xususiyatlarini aniqlash va ularni jamiyat manfaatlariga moslash bo‘yicha konstruktiv taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy gazeta, jurnal, televideniye va media tarmoqlarning jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi konstruktiv ahamiyati hamda ularning destruktiv holatlarni yuzaga keltiruvchi obyektiv va subyektiv sabablarining ijtimoiy mohiyati ochib berilgan;
jamoatchilik auditoriyasida media axborotni transformatsiya qiluvchi tizim barqarorligida kuzatilayotgan passivlik, loqaydlik, bepisandlik kabi permanent muammolarni jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali bartaraf etish zarurati mantiqiy dalillangan;
jamoatchilik fikri shakllanishiga ta’sir etuvchi media axborot omillari o‘rtasidagi funksional integrasiyalashuv xususiyatlari matematik modellashtirilib, «xi2 mezoni» metodini ijtimoiy fanlar tadqiqotlarida qo‘llash ijtimoiy muhit ta’siri, ideal xulq-atvor kabi sotsiyostrukturaviy determinantlar darajasini o‘sishiga xizmat qilishi isbotlangan;
jamoatchilik fikriga ta’sir etuvchi media axborot tizim elementlari (rasmli, chizmali, diagrammali axborotlar)ning ochiqlik, shaffoflik, tezkorlik kabi obyektiv shart-sharoitlari va subyektiv omillari (jamoatchilik) o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorlikning miqdor va sifat o‘zgarishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Media axborot vositalarining jamoatchilik fikrini tizimli shakllantirishdagi o‘rni borasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
zamonaviy gazeta, jurnal, televideniye va media tarmoqlarning jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi konstruktiv ahamiyati hamda ularning destruktiv holatlarni yuzaga keltiruvchi obyektiv va subyektiv sabablarining ijtimoiy mohiyatiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturinig II yo‘nalishiga oid “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari” mavzusidagi 9 bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 1 apreldagi 02/02/502-son ma’lumotnomasi). Natijada Markazning targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga va aholini media axborot tizimi bilan bog‘liq bilimlarini kengaytirishga xizmat qilgan; 
jamoatchilik auditoriyasida media axborotni transformatsiya qiluvchi tizim barqarorligida kuzatilayotgan passivlik, loqaydlik, bepisandlik kabi permanent muammolarni jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali bartaraf etish zaruratiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Yo‘l xarita”sini va “O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni talabiga muvofiq rahbarlarning nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish borasidagi mas’ulligi va ular tamonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 29 martdagi 02-12-08-1166-son ma’lumotnomasi). Natijada Madaniyat vazirligi tasarrufidagi tashkilot va muassasalar vakolat doirasiga kiruvchi chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ilmiy nazariy va konstruktiv asos sifatida xizmat qilgan;
jamoatchilik fikri shakllanishiga ta’sir etuvchi media axborot omillari o‘rtasidagi funksional integrasiyalashuv xususiyatlari matematik modellashtirilib, «xi2 mezoni» metodini ijtimoiy fanlar tadqiqotlarida qo‘llash ijtimoiy muxit ta’siri, ideal xulq-atvor kabi sotsiyostrukturaviy determinantlar darajasini o‘sishiga xizmat qilishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining 2021yil yanvar-dekabr oylariga mo‘ljallangan “Mahallabay” targ‘ibot tadbirlari dasturi loyihasini va Samarqand shahridagi yoshlar markazi binosida “Yoshlar media markazi”ni tashkil etish Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 9 iyuldagi 4-13-23-1691-son malumotnomasi). Natijada yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarga munosabatini yanada va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
jamoatchilik fikriga ta’sir etuvchi media axborot tizim elementlari (rasmli, chizmali, diagrammali axborotlar)ning ochiqlik, shaffoflik, tezkorlik kabi obyektiv shart-sharoitlari va subyektiv omillari (jamoatchilik) o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorlikning miqdor va sifat o‘zgarishlari aniqlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanalida 2021-2022 yillarda efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” va “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlar ssenariysiini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasining 2022 yil 13 iyundagi 04-36-891-son ma’lumotnomasi). Natijada kishilarni voqelikka munosabati jarayonida media axborot vositalarining butun jamiyatga ta’sir etishi borasidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish