Xudoyberdiyeva Gulasal Shuxratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Joan Roulingning “Garri Potter” haqidagi turkum romanlari bolalar adabiyotining fenomeni sifatida, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2087.
Ilmiy rahbar: Adilova Shaxnoza Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xoliqov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Joan Roulingning «Garri Potter» haqidagi turkum romanlari bolalar adabiyotining fenomeni sifatida badiiy-estetik va ma’rifiy-tarbiyaviy xususiyatini fanfikshn va parodiyalar misolida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Garri Potter” turkum romanlari ta’sirida yaratilgan parodiyalar orqali zamonaviy ingliz bolalar adabiyotida “pottermaniya” adabiy hodisasining yuzaga kelishi, o‘xshash motivlari, syujet qurilishi, qahramonlar tasviri va muallif g‘oyasining mantiqiyligi hamda ijodiy fantaziyasining kengligi, estetik tuyg‘uni shakllantirish kabi badiiylik mezonlari yozuvchilar uslubidagi universallik va o‘ziga xoslik aspektlarida aniqlangan; 
yozuvchining bolalar va o‘smirlar mikroxronotopining turli yo‘nalishlarini teran idrok etish, fantastik mavzu tanlash, uni aks ettirish, syujet, kompozisiya, xarakter yaratish hamda badiiy tildan ijodiy foydalanish natijasida neologizmlarni yuzaga kelish omillari biografik metod tamoyillari asosida adabiy-estetik jihatdan dalillangan;
Rouling ingliz uyg‘onish davri va viktorian davri adabiy an’analari bilan bir qatorda antik yunon-rim adabiyoti namunalariga tayangani, uning turkum romanlarida mifopoetik obraz va motivlarning sinkretiklashtirilgani serqirra ijodkor badiiyatining farqli xususiyati ekanligi isbotlangan;
“Garri Potter” haqidagi turkum romanlar zamonaviy adabiy jarayon kontekstida zamon va makon chegarasini tan olmaslik tamoyiliga asosan “ommaviy madaniyat”ning bir qismi sifatida badiiy-konseptual yaxlitlikda ochib berish orqali psixologizmning dinamik, analitik, sinkretik prinsiplari asosida yozuvchining bola va o‘smir ruhiyatining komik, tragik hamda dramatik tasvirlarini yaratishdagi ijodiy-individual uslubi, dunyoqarashi, g‘oyaviy-badiiy niyat ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Joan Roulingning Garri Potter haqidagi turkum romanlarini bolalar adabiyotining fenomeni sifatida tadqiq qilish natijalari asosida:
“Garri Potter” turkum romanlari ta’sirida yaratilgan parodiyalarni tahlil qilish orqali zamonaviy ingliz bolalar adabiyotida “pottermaniya” adabiy hodisasining yuzaga kelishi; turkum romanlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi natijasida ularning janr xususiyatlari, o‘xshash motivlari, syujet qurilishi, qahramonlar tasviri va muallif g‘oyasining mantiqiyligi hamda ijodiy fantaziyasining kengligi, estetik tuyg‘uni shakllantirish kabi badiiylik mezonlariga oid xususiyatlardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107- International Credit Mobility berween European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs berween Uzbekistan State Universitety of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-Ka107-005433- (Yevropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy talim muassalalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Bohumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 24-sentyabrdagi IR-J/22295-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning mazmun-mohiyati keltirilgan nazariy dalillar asosida boyitilgan;
yozuvchining bolalar va o‘smirlar mikroxronotopining turli yo‘nalishlarini teran idrok etish, fantastik mavzu tanlash, uni aks ettirish, syujet, kompozisiya, xarakter yaratish hamda badiiy tildan ijodiy foydalanish natijasida neologizmlarni yuzaga kelish omillariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Bolajon» telekanalining «Fairy tales», «Funny dictionary», «ABC-kids», «Quvnoq alifbo» kabi bir qator ko‘rsatuvlarning ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Bolajon» telekanalining 2022 yil 11 apreldagi 1403-105-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy ma’lumotlar tomoshabinlarning, ayniqsa, yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar xususidagi bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Rouling ingliz uyg‘onish davri va viktorian davri adabiy an’analari bilan bir qatorda antik yunon-rim adabiyoti namunalariga tayangani, uning turkum romanlarida mifopoetik obraz va motivlarning sinkretiklashtirilgani serqirra ijodkor badiiyatining farqli xususiyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ijodiy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 14 oktyabrdagi 01-03/1298 son ma’lumotnomasi). Natijada jahon durdona asarlarining asliyati va tarjimasi o‘rtasidagi mutanosiblik va nomuvofiqlikni qiyosiy-tahliliy yoritish imkoniyati kengaygan;
“Garri Potter” haqidagi turkum romanlar zamonaviy adabiy jarayon kontekstida zamon va makon chegarasini tan olmaslik tamoyiliga asosan “ommaviy madaniyat”ning bir qismi sifatida badiiy-konseptual yaxlitlikda ochib berish orqali psixologizmning dinamik, analitik, sinkretik prinsiplari asosida yozuvchining bola va o‘smir ruhiyatining komik, tragik hamda dramatik tasvirlarini yaratishdagi ijodiy-individual uslubi, dunyoqarashi, g‘oyaviy-badiiy niyatiga oid xususiyatlardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107- International Credit Mobility berween European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs berween Uzbekistan State Universitety of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-Ka107-005433- (Yevropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy talim muassalalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Bohumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 24 sentyabrdagi IR-J/22295-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning mazmun-mohiyati keltirilgan nazariy dalillar asosida boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish