Gaibnazarov Baxrom Abdaaliyevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Karyerlarda skvajina suvdorligi yuqori sharoitlarda portlatish ishlarini olib borish usulini ilmiy asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/3262.
Ilmiy rahbar: Nutfulloyev G‘afur Subxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Atrushkevich Viktor Arkadyevich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: elektro-gidravlik effekt yordamida tog‘ jinslarini parchalash usulini ishlab chiqish orqali karyerda yuqori suvdorlik sharoitida portlatish ishlari samaradorligini oshirish uchun texnologik yechimlarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karyerning suvdor sharoitida tog‘ jinslarining zarrachalariga oraliq suvdan bosim paydo bo’lishi, bu esa tog‘ jinslarining qattiq fazasidagi kuchlanishlarning taqsimlanishiga, tog‘ jinsi tarkib topgan mineral komponentlar orasidagi bog‘lanishlarning tabiatiga, uning fizik-mexanik xususiyatlariga va yalpi portlatish ishlari natijasiga ta’sir etishi aniqlangan;
yalpi portlatish ishlarini olib borishda qoyali tog‘ jinslaridagi suv miqdori ularning namligi o’zgarganda va ular yoriqlarda to’ldiruvchi yoki nurash mahsuloti sifatida uchraydigan yumshoq tog‘ jinslarining shishishi, massivning yorilishi va buzilishiga, shuningdek, qulashlar va ko’chkilar hosil bo’lishiga yordam berishi aniqlangan;
kuchli kavitatsiya jarayonlari, infra- va ultratovush nurlanishi, mexanik rezonans hodisalari, o‘ta yuqori gidravlik bosim va yuqori teazlikdagi suyuqliklar harakati kabi asosiy ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda suvdor sharoitda skvajinalarni portlatish jarayonida elektro-gidravlik effektdan foydalanilishi asoslangan; 
yalpi portlatish ishlarini olib borishda pog‘ona otkoslari va karyer bortlarining filtratsion deformatsiyalari hamda suvdor sharoitda otkosning barqarorlik koeffisiyentini aniqlash formulasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Karyerda suvdorlik yuqori bo’lgan sharoitda portlatish ishlarini olib borish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karyerlarda skvajina yuqori suvdorlikda bo’lgan sharoitlarda elektrogidravlik parchalashdan foydalangan holda portlatish ishlarini olib borish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Qalmoqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 18 yanvardagi SL-0038-son ma’lumotnomasi). Natijada, skvajinadagi suvni yo’q qilishga erishilgan, shuningdek suvdor sharoitda portlatish ishlarini takomillashtirish, burg‘ilash-portlatish ishlari xarajatlarini kamaytirish, portlatiladigan blokni zaryadlash texnikasini osonlashtirishga hamda portlovchi modda zaryadlarining portlamay qolish ehtimolligini bartaraf etish imkonini bergan;
skvajina yuqori suvdorlikda bo’lgan sharoitlarda burg‘ilash-portlatish ishlarini olib borishning oqilona parametrlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Qalmoqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 18 yanvardagi SL-0038-son ma’lumotnomasi). Natijada, suvdor sharoitda portlatish ishlarini olib borish shartlari, skvajina zaryadlarining parametrlari va ularning fazoviy taqsimoti, suvdor massivni portlatib maydalashning sifat va miqdoriy ko’rsatkichlari to’g‘risida to’liq tasavvur olingan, skvajinalar orasidagi masofa hisoblanganidan 8-31% ga oshirilgan, burg‘ilash va portlatish ishlarini olib borish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish