Habibullayev Behruz Sherboyevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda Moluccella L. (Lamiaceae) turkumi kamyob turlari populyasiyalarining zamonaviy holati», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/B438.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Xabibullo Fayzulloyevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbayevich, biologiya fanlari doktori, professor; Nigmatullayev Alimjon Magmurovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tarqalgan Moluccella turkumi turlari populyasiyalarining zamonaviy holatini baholash hamda muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor janubiy O‘zbekistonning turli fitosenozlarida tarqalgan Moluccella L. turkumi kamyob turlarining 12 senotik populyasiyalari (M. bucharica turining 3, M.fedschenkoana turining 9 senopopulyasiyalari) aniqlangan;
M.bucharica turining Navbuloq va M.fedschenkoana turining Langar populyasiyalari birinchi marta aniqlangan; 
tadqiqot obyektlari senopopulyasiyalarining ontogenetik strukturalari va tiplari ochib berilgan;
organizm va populyasion belgilari asosida senopopulyasiyalarning vitalitet holati baholangan;
turlarning tarqalish ma’lumotlari va bioiqlim o‘zgaruvchilarining o‘zaro kombinatsiyalari orqali potensial tarqalish areallari turli davrlar kesimida modellashtirilgan;
turlar senopopulyasiyalarining tarqalishi va iqlim senariylari asosida yaratilgan modellarning zamonaviy xaritalari tuzilgan;
kamyob turlar populyasiyalarini muhofaza qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan; 
tadqiqot obyektlari populyasiyalarining zamonaviy holati Tabiatni Muhofaza Qilish Xalqaro Ittifoqining (TMQXI) Qizil ro‘yxati mezonlari asosida baholangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda tarqalgan Moluccella L. turkumi kamyob turlari populyasiyalarining zamonaviy holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Moluccella turkumi kamyob turlariga oid 12 ta senopopulyasiyalarning holati haqidagi ma’lumotlar (shu jumladan turlarning 5 ta yangi o‘sish hududlari), turlar populyasiyalarining vitalitet holatlari, turlarni ex situ sharoitlarida saqlab qolish hamda muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 03-02/7-446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xavf va taxdid ostida bo‘lgan senopopulyasiyalarning joylashuv maydonlarini aniqlash, kamyob va zaif turlarni O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularni muhofaza qilish tadbilarini amalga oshirish imkonini bergan;
Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloy endemi Moluccella bucharica IUCN global baholash mezonlari asosida baholanib, Tabiatni Muhofaza Qilish Xalqaro Ittifoqining Qizil ro‘yxatiga butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasidagi (CR) tur maqomi bilan rasman kiritilgan (https://www.iucnredlist.org/species/198563178/198563231). Natijada Moluccella bucharica tabiiy populyasiyalarini qayta tiklash va saqlab qolish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish