Gafurov Askarjon Boyisovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sud nazoratining shakllanishi va rivojlanishi: nazariya va amaliyot masalalari», 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu34.
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yupidik fanlap doktopi, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Odilqoriev Xojimurod To‘xtamurodovich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxamedjonov Amonulla Zakirovich, yuridik fanlari doktori, professor; Xoshimxonov Axror Muminovich, yuridik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sud nazoratining rivojlanishini nazariy va amaliy masalalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Konstitutsiyaviy sud mustaqilligini kuchaytirish, sud`yalarning ijtimoiy-moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaviy sud sud`yayasiga Birinchi malaka darajasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan berilishining zarurligi asoslab berilgan;
Konstitutsiyaviy sud sud`yalarining tengligi prinsipini mustahkamlash, ularning mustaqilligini kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosarini saylash va lavozimidan ozod etishda Konstitutsiyaviy sud sud`yalarining rolini oshirish zarurligi asoslantirilgan;
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishda og‘zaki eshituvlar o‘tkazmasdan yozma hujjatlar asosida ish ko‘rish konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning alohida tashkiliy shakli sifatida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini oshirishga, konstitutsiyaviy odil sudlovga erishishni engillashtirishga, ishlarni ko‘rish muddatlarini qisqartirishga imkon berishi asoslantirilgan; 
Konstitutsiyaviy sud qarorlari normativ-huquqiy hujjat sifatida davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiy tus kasb etishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat asosida qarorlar qabul qilgan davlat organlari ularni qayta ko‘rib chiqish majburiyatini qonunga kiritish taklifi asoslab berilgan;
Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish, uning sub’ektlari doirasini kengaytirish maqsadida qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar doirasiga fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish taklifi asoslangan;
Konstitutsiyaviy sudning fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini oshirish maqsadida konstitutsiyaviy nazorat sub’ektlari doirasiga inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni kiritish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
Konstitutsiyaviy sud mustaqilligini kuchaytirish, sud`yalarning ijtimoiy-moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida avval Prezident tomonidan amalga oshirilgan ayrim masalalar Konstitutsiyaviy sud tomonidan mustaqil hal qilinishi zarurligi asoslantirilgan takliflar 2021 yil 27 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilishda foydalanilgan. Mazkur qonunning 10-moddasiga “Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Birinchi malaka darajasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan beriladi”, degan norma kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 3 iyuldagi 02/4-3635-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy sud mustaqilligini kuchaytirish, sud`yalarning ijtimoiy-moddiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilgan;
Konstitutsiyaviy sud sud`yalarining tengligi prinsipini mustahkamlash, ularning mustaqilligini kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosarini saylash va lavozimidan ozod etishda sud`yalar rolini oshirish to‘g‘risidagi takliflar asosida 2021 yil 27 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 18-moddasi ayni bir shaxs Konstitutsiyaviy sud raisi yoki uning o‘rinbosari etib ikki muddatdan ortiq saylanishi mumkin emasligi, Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosari yozma ariza bergan taqdirda, Konstitutsiyaviy sud tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod etilishi to‘g‘risidagi normalar bilan to‘ldirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 3 iyuldagi 02/4-3635-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy sud sud`yalarining tengligi prinsipini mustahkamlash, Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosarini saylash va lavozimidan ozod etishda sud`yalar rolini oshirish va ularning mustaqilligini kuchaytirishga qaratilgan;
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishda og‘zaki eshituvlar o‘tkazmasdan yozma hujjatlar asosida ish ko‘rish konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning alohida tashkiliy shakli sifatida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini oshirish, konstitutsiyaviy odil sudlovga erishishni engillashtirish, ishlarni ko‘rish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini berishi to‘g‘risidagi taklifga asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 32-moddasi quyidagi mazmunda uchinchi qism bilan to‘ldirilgan: “Murojaatni dastlabki tarzda o‘rganish konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning majburiy bosqichidir”. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 3 iyuldagi 02/4-3635-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy sudda murojaatlarni dastlabki tarzda o‘rganish va ularni qonun talablariga mosligi nuqtai nazaridan tahlil qilish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishda og‘zaki eshituvlar o‘tkazmasdan yozma hujjatlar asosida ish ko‘rish konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning alohida tashkiliy shakli sifatida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini oshirish, konstitutsiyaviy odil sudlovga erishishni engillashtirish, ishlarni ko‘rish muddatlarini qisqartirishga imkon berishi to‘g‘risidagi taklifga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 53-moddasida konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishda og‘zaki eshituvlar o‘tkazmasdan yozma hujjatlar asosida ish ko‘rish mumkinligi belgilab qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 3 iyuldagi 02/4-3635-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini oshirish, konstitutsiyaviy odil sudlovga erishishni engillashtirish, ishlarni ko‘rish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini bergan;
Konstitutsiyaviy sud qarorlari normativ-huquqiy hujjat sifatida davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiy xarakter kasb etishidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat asosida qarorlar qabul qilgan davlat organlari ularni qayta ko‘rib chiqish majburiyatini qonunga kiritish to‘g‘risidagi taklif asosida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 73-moddasi quyidagi mazmundagi norma bilan to‘ldirilgan: “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat asosida qarorlar qabul qilgan davlat organlari ularni bir oy ichida qaytadan ko‘rib chiqishi kerak” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 3 iyuldagi 02/4-3635-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy sud qarorining qat’iyligi va Konstitutsiya normalari ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish, uning sub’ektlari doirasini kengaytirish maqsadida qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar doirasiga fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish to‘g‘risidagi taklifga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-son Farmoniga 2-Ilova “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning 22-bandiga fuqarolar va yuridik shaxslarga qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqini berish hamda to‘g‘risidagi chora-tadbir belgilangan. Ushbu taklifning amalga oshirilishi mamlakatda fuqarolarni konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.
Konstitutsiyaviy sudning fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini oshirish maqsadida konstitutsiyaviy nazorat sub’ektlari doirasiga inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni kiritish haqidagi taklifga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-son Farmoniga 2-Ilova “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning 22-bandiga konstitutsiyaviy nazorat sub’ektlari doirasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazini kiritish belgilangan. Ushbu taklifning amalga oshirilishi mamlakatda fuqarolarni konstitutsiyaviy odil sudlovga erishishda milliy institutlarning rolini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish