Axmedova Dilbar Buranovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal735.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Husenova Abera Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami; Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normerzayevich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xotin-qizlarning jamiyatda faolligini oshirish orqali tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning ijtimoiy xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda faoliyatini o‘rganishning kasbiy komillik, maqsadlilik, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishga tayyorlik kabi falsafiy usullarini qo‘llash asosida yakka tartibdagi tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, yuqori o‘rta mulkdor va yirik mulkdor darajalariga tizimli ravishda transformatsiyalashuv jarayonlarining ijtimoiy-antropologik xususiyatlari ochib berilgan;
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda davr ruhi ta’sirida shakllanuvchi yangi qatlam va sinflarda vatanparvarlik tuyg‘usi va milliy o‘zlikni anglash mexanizmlari inson kapitaliga investisiya kiritish, iroda va halollik, sog‘lom raqobat muhitida tadbirkorlik qilishga imkon yaratish, jamiyatda o‘zaro ishonch darajasini oshirish, insonni har tomonlama rivojlantirish tamoyillari orqali asoslangan;
tadbirkorlik, ishbilarmonlik muhitini rivojlanishini ta’minlashda Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini shaxs, jamiyat va davlat darajasida rivojlantirish modeli xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategiya, mexanizm, ijtimoiy kompetensiyalari takomillashtirilgan;
milliy tafakkur, turmush tarzi hamda islom dinida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlarning tarixiy tajriba, urf-odat, an’ana va qadriyatlarning taraqqiyotga yetaklovchi xususiyatlaridan samarali foydalanishning jamiyatda xotin-qizlar faolligi va qadr-qimmati oshishidagi, xotin-qizlar tadbirkorligi rivojlanishidagi, farovonlik va taraqqiyotga erishishdagi hamda ijtimoiy munosabatlarni pozitivlashtirishdagi roli asoslab berilgan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini tadqiq etish borasida olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarga tadbiq qilingan: 
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda faoliyatini o‘rganishning kasbiy komillik, maqsadlilik, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishga tayyorlik kabi falsafiy usullarini qo‘llash asosida yakka tartibdagi tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, yuqori o‘rta mulkdor va yirik mulkdor darajalariga tizimli ravishda transformatsiyalashuv jarayonlarining ijtimoiy-antropologik xususiyatlariga oid ilmiy takliflardan “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar asotsiatsiyasining O‘zbekistondagi islohotlar sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan aholi o‘rtasida “Islohotlar sharoitida raqamli iqtisodiyotni xotin-qizlar va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirish jamiyatda tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi” mavzusidagi targ‘ibot dasturlarinin amalga oshirishda foydalanilgan (“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar asotsiatsiyasi 2022 yil 30-sentabrdagi 181-son ma`lumotnomasi). Natijada, hududlardagi xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda faoliyatini o‘rganishning falsafiy usullarini qo‘llagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, yuqori o‘rta mulkdor va yirik mulkdor darajalariga tizimli ravishda transformatsiyalashuv jarayonlari faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda davr ruhi ta’sirida shakllanuvchi yangi qatlam va sinflarda vatanparvarlik tuyg‘usi va milliy o‘zlikni anglash mexanizmlari inson kapitaliga investisiya kiritish, iroda va halollik, sog‘lom raqobat muhitida tadbirkorlik qilishga imkon yaratish, jamiyatda o‘zaro ishonch darajasini oshirish, insonni har tomonlama rivojlatirish tamoyillariga doir taklif va tavsiyalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalida efirda uzatilgan “Menga suz bering”, “Muvaffaqiyat sirlari”, “Sifat mezoni” turkum ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayorlashda foidalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 sentyabr 01/237-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy tafakkur, turmush tarzi hamda islom dinida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari xalqimizning boy milliy madaniy me’rosga tayangan holda mualliflik yondashuvi asosida ishlab chiqilib, uning mazmuni va ijtimoiy munosabatlarni pozitivlashtirishdagi roli keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik, ishbilarmonlik muhitini rivojlanishini ta’minlashda Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini shaxs, jamiyat va davlat darajasida rivojlantirish modeli xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategiya, mexanizm, ijtimoiy kompetensiyalari oid ilmiy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” va “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi ish rejasining 32-33 va 71-bandlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 26-oktabrdagi 01\00-03\15-9699-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda faoliyatini o‘rganishning falsafiy usullarini qo‘llagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlik, yuqori o‘rta mulkdor va yirik mulkdor darajalariga tizimli ravishda transformatsiyalashuviga xizmat qilgan; 
milliy tafakkur, turmush tarzi hamda islom dinida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlarning tarixiy tajriba, urf-odat, an’ana va qadriyatlarning taraqqiyotga yetaklovchi xususiyatlaridan samarali foydalanishning jamiyatda xotin-qizlar faolligi va qadr-qimmati oshishidagi, xotin-qizlar tadbirkorligi rivojlanishidagi, farovonlik va taraqqiyotga erishishdagi hamda ijtimoiy munosabatlarni pozitivlashtirishdagi roliga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093070-raqamli “O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning bugungi kun talablariga mos keladigan modellarini ishlab chiqish” (2021-2022 yy) amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 15-dekabrdagi 04\11-8214-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirishga va keng jamoatchilikka Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini shaxs, jamiyat va davlat darajasida rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish