Usenov Jiengaliyning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq yoshlarining milliy mentalitetini shakllantirishda falsafiy tarbiyaning o‘rni va ahamiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro`yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal572.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika institut.
IK faoliyat ko`rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isoxanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Jamolov Latif O‘roqovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bugungi globallashuv davrida qoraqalpoq yoshlarining milliy mentalitetini shakllantirishning ijtimoiy-madaniy fenomen sifatidagi mohiyati va mazmunini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar tarbiyasida milliy mentalitetni shakllantirishda milliy xarakter, milliy identiklik (mansublik) hamda mental o‘ziga xoslikning potensial va real borliqdagi dialektik aloqadorligi falsafiy jihatdan aniqlangan;
milliy mentalitet tushunchasi millatga xos bo‘lgan til, madaniyat, milliy o‘zlik, urf-odat, an’analar, milliy psixologiya va milliy xarakterni mujassamlashtirib, inson borlig‘ida aks etuvchi noyob fenomen ekanligi dalillangan;
yoshlar ma’naviy dunyoqarashining dinamik o‘zgaruvchanligi milliy mentalitetning demokratik, pragmatik, aksiologik jihatlari bilan bog‘liqligi falsafiy jihatdan asoslangan;
yoshlarda milliy o‘zlikning nomoyon bo‘lishida shakllangan milliy mentalitet tushunchasining o`zgaruvchanlik va ta`sirchanlik singari immanent xususiyatlari mavjudligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq yoshlarining milliy mentalitetini shakllantirishda falsafiy tarbiyaning o`rni va ahamiyatini o‘rganish natijalari asosida:
yoshlar tarbiyasida milliy mentalitetni shakllantirishda milliy xarakter, milliy identiklik (mansublik) hamda mental o‘ziga xoslikning potensial va real borliqdagi dialektik aloqadorligiga oid ilmiy xulosalar, taklif-tavsiyalardan Qoraqalpog`iston Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 28 fevraldagi 01-113-son “Yo‘l-xarita”sining 27, 32, 52-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Ma’naviyat festivali” dasturi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog`iston bo`limining 2022 yil 29 avgustdagi 01-13/200-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning bebaho adabiy-badiiy boy meroslari qoraqalpoq yoshlar mental qiyofasining shakllanish dinamikasini o`rganishda va qoraqalpoq yoshlarining milliy mentalitetini takomillashtirishda xizmat qilgan;
milliy mentalitet tushunchasi millatga xos bo‘lgan til, madaniyat, milliy o‘zlik, urf-odat, an’analar, milliy psixologiya va milliy xarakterni saqlash, inson borlig`ida aks etuvchi noyob fenomen ekanligiga oid taklif va tafsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2022 yilga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqishda, jumladan, 5, 16, 19-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 15 sentyabrdagi 11-06/5-09/673-son ma’lumotnomasi). Natijada tuman (shahar) hokimlari maslahatchilarining kasbiy mahoratini oshirib borishda, shuningdek Davlat tilini rivojlantirish departamentning Atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi dasturlarini takomillashtirishda, manba bo`lib xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviy dunyoqarashining dinamik o‘zgaruvchanligi milliy mentalitetning demokratik, pragmatik, aksiologik jihatlari bilan bog‘liqligiga doir taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining kitobxonlikni keng targib qilishga qaratilgan “Yosh kitobxon” Respublika tanlovini o‘tkazishda va 2022-yil 10-15 may kunlari Respublika miqyosida o`tkazilgan “Bo`zatov fest” mavzusidagi 01-08/10-05/220 raqamli tadbir dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O`zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Kengashining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02-07/217-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning dunyoqarashi jamiyat ijtimoiy hayotiga ta`sir darajasining yanada oshishiga milliy mentalitetni shakllantirishga ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hamda O`zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Kengashining hududiy bo`limlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarda milliy o‘zlikning nomoyon bo‘lishida shakllangan milliy mentalitet tushunchasining o‘zgaruvchanlik va ta’sirchanlik singari immanent xususiyatlari asoslab berilganligiga oid taklif-tavsiyalardan Qoraqalpog`iston teleradiokanali tomonidan 2022 yilda efirga uzatilgan «Jańa kún» ko‘rsatuvini va eshittirishlarining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 oktyabrdagi 05-22/562-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi globallashuv sharoitida yoshlarining milliy mentalitetini shakllantirishda va “ommaviy madaniyat”ning yoshlar ongiga salbiy ta’sirini oldini olish asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.