Yernazarova Sapura Keulimjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy malumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Berdaq badiiy merosining yoshlarni falsafiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishdagi ilmiy-amaliy ahamiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal464.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Xajiyeva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Tursunova Olmos Fayziyevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Berdaqning badiiy, ma’naviy merosining yoshlar falsafiy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Berdaq ma’naviy merosi o‘sha davrdagi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, odamlarning turmush darajasi, axloqi va kayfiyati ta’sirida o‘zaro aloqadorlik tamoyili asosida shakllanganligi falsafiy asoslangan;
Berdaq falsafasidagi ontologik, gnoseologik va aksiologik qarashlar sotsiostrukturaviy determenantlar (ijtimoiy muhit ta’siri) natijasida dualizm, panteizm elementlari orqali ratsionalizm (aqliy) tamoyilga asoslanganligi isbotlangan;
Berdaq badiiy-falsafiy merosidagi adolat, vatanparvarlik, ulug‘vorlik kabi axloqiy-estetik mezoniy tushunchalarning gumanistik mohiyati va ularning zamonaviy yoshlar dunyoqarashiga pozitiv ta’siri ochib berilgan;
Berdaq asarlarining g‘oyaviy va axloqiy mazmuni falsafiy tafakkur tizimida adolatlilik, haqiqat, xalqparvarlik jamiyat kelajagi va ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda adolatsizlik, jaholatni tugatishda substansional asos ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Berdaqning badiiy-falsafiy qarashlarini yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishda qo‘llash, tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida:
Berdaq ma’naviy merosi o‘sha davrdagi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, odamlarning turmush darajasi, axloqi va kayfiyati ta’sirida o‘zaro aloqadorlik tamoyili asosida shakllanganligiga oid ilmiy xulosalar, taklif-tafsiyalardan Qoraqalpog‘iston “Berdaq” jamoat fondining 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining “Buyuk ajdodlarimizning merosi Vatanimiz taraqqiyotining poydevori” nomli 72-14/19-son amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros boshqarmasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2022-yil 5-avgustdagi 105-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, yurtimiz tarixi, xalqimizning madaniy, adabiy merosi bilan tanishtirish borasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, buyuk ajdodlarimizning ilmga, vatanga, do‘st-birodarlikka sadoqatini namoyon etishda tarixiy kitoblar ko‘rgazmasini tashkil qilib, aholi, ayniqsa, yoshlarning o‘tmish qadriyatlariga bo‘lgan tushunchasini mustahkamlash bilan birgalikda yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini orttirishga va yoshlar dunyoqarashi yuksaltirishga xizmat qilgan;
Berdaq falsafasidagi ontologik, gnoseologik va aksiologik qarashlar sotsiostrukturaviy determenantlar (ijtimoiy muhit ta’siri) natijasida dualizm, panteizm elementlari orqali ratsionalizm (aqliy) tamoyilga asoslanganligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2022-yil 28-fevraldagi 01-113-sonli “Yo‘l xarita”sining 45-bandi ijrosini ta’minlashda “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish, ajdodlarga munosib qilib tarbiyalashda qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri va ma’rifatparvari Berdaq bobomizning tavallud kunini keng nishonlashda yosh shoir va adiblar, ijodkorlar hamda adabiyoshunos olimlar ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etishda, Kengashning 49-bandidagi “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” shiori ostidagi targ‘ibot dasturini ishlab chiqishda va “Ma’naviyat festivali” mavzusidagi tadbir ssenariysi dasturini ishlab chiqishga xizmat qilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 5-avgustdagi 01-13/95-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar falsafiy tafakkurini shakllantirish hamda buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini singdirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga xizmat qilgan;
Berdaq badiiy-falsafiy merosidagi adolat, vatanparvarlik, ulug‘vorlik kabi axloqiy-estetik mezoniy tushunchalarning gumanistik mohiyati va ularning zamonaviy yoshlar dunyoqarashiga pozitiv ta’siriga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2021-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining 58-bandidagi “Kitob-millatning bebaho, ma’naviy va madaniy merosi” mavzusida, 63-bandida “Buyuk tarixdan – buyuk kelajak sari” mavzusida, 2022-yil 10-15-may kunlari Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Bo‘zatov fest” mavzusidagi “01-08/10-05/220” raqamli tadbir dastur loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2022-yil 27-sentyabrdagi 02-07/218-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ma’naviyatining yuksalishiga, ularning vatanga daxldorlik hissi bilan yashashlariga hamda kitob mutolaasiga qiziqishlarining ortishiga xizmat qilgan;
Berdaq asarlarining g‘oyaviy va axloqiy mazmuni falsafiy tafakkur tizimida adolatlilik, haqiqat, xalqparvarlik jamiyat kelajagi va ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda adolatsizlik, jaholatni tugatishda substansional asos ekanligiga oid ilmiy taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanali tomonidan 2022-yilda efirga uzatilgan «Assalawma-áleykum, Qaraqalpaqstan» ko‘rsatuvi hamda “Gáwhar sózler” ko‘rsatuvini va eshittirishlarining dastur ssenariysinini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qoraqalpag‘iston teleradiokompaniyasining 2022-yil 23-avgustdagi 05-22/507-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy fikr-mulohazalar asosida yoshlarning falsafiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, Berdaq badiiy merosi orqali yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash ko‘nikmasi va madaniyatini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish