Babaxolov G‘ayrat Tashbatirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik falsafasi – mamlakat aholisining ishbilarmonlik qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishning metodologik asosi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal460.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajiyeva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Pardayev Mamayunus Qarshibayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy tadbirkorlik falsafasining mohiyatini ochib berish va uni rivojlantirishga doir taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorning shaxsiy sifatlarini, uning sotsial va iqtisodiy sohalarda yuz berayotgan o‘zgarishlarga munosabat bildirish, tanlovni amalga oshirishda mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish, ayni damda tadbirkorlikning iqtisodiy tizimdagi o‘rnini topish jarayonida uni boshqara olish qobiliyatining mavjud ekanligi yoki emasligini aniqlovchi adolat, tenglik, hisob-kitob va rejalilik kabi ijtimoiy-iqtisodiy g‘oyalarni o‘z ichiga oladigan paradigmalari asoslangan;
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda mamlakat aholisining ishbilarmonlik tafakkuri va tadbirkorlik qobiliyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida rivojlantirish zaruriyati mantiqiy isbotlangan;
yangi ma’naviy makonda tadbirkorlik madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy davlatning “Zamonaviy tadbirkorning ma’naviy qiyofasi”ni yaratishdagi axloqiy-ma’naviy tamoyillari va ma’rifiy jamiyatni barpo etishdagi ma’suliyati birlamchi omil ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
milliy tadbirkorlikning ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy sohalarni rivojlantirishdagi hissasini oshirishda uning funksional va regulyativ-baholovchi mezonlari insonlarni “boqimandalik”, “loqaydlik”, “beparvolik” kabi illatlardan qutqarishning eng ta’sirchan mexanizmlaridan biri ekanligi mantiqiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik falsafasi – mamlakat aholisining ishbilarmonlik qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishning metodologik asosini tadqiq etish asosida:
tadbirkorning shaxsiy sifatlarini, uning sotsial va iqtisodiy sohalarda yuz berayotgan o‘zgarishlarga munosabat bildirish, tanlovni amalga oshirishda mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish, ayni damda tadbirkorlikning iqtisodiy tizimdagi o‘rnini topish jarayonida uni boshqara olish qobiliyatining mavjud ekanligi yoki emasligini aniqlovchi adolat, tenglik, hisob-kitob va rejalilik kabi ijtimoiy-iqtisodiy g‘oyalarni o‘z ichiga oladigan paradigmalariga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan bajarilgan “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 68-11/78 raqamli grant loyihasining “Mehnat huquqlarini ta’minlash va aholini ish bilan ta’minlash borasidagi innovason rivojlantirish bo‘yicha tahliliy tadqiqot olib borish va tegishli takliflar berish” deb nomlangan 6-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2022 yil 6 sentyabrdagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat huquqi borasidagi qonunchilikni tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot qilish chora-tadbirlarda, aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi amaliy ishlar taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda mamlakat aholisining ishbilarmonlik tafakkuri va tadbirkorlik qobiliyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida rivojlantirish zaruriyatiga oid ilmiy taklif-tavsiyalardan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ni 2022-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zLiDeP ning “YO‘L XARITASI” ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2022- yil 26-dekabrdagi 01-27/550-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy ish o‘z maqsad va xususiyatidan kelib chiqib mamlakatimizda mahalliy darajada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarimizning madaniy va axloqiy darajasini oshirishda va ularda tadbirkorlik tafakkuri madaniyati, bilim va tajribalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
yangi ma’naviy makonda tadbirkorlik madaniyatini shakllantirishda “Zamonaviy tadbirkorning ma’naviy qiyofasi”ni yaratishdagi axloqiy-ma’naviy tamoyillari va ma’rifiy jamiyatni barpo etishdagi ma’suliyati birlamchi omil ekanligi falsafiy jihatdan asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yilda o‘tkazilgan “Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlarining faoliyatini muvofiqlashtirgan holda ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, ijro-intizom monitoringini yuritib tahlil etib borish” dastur ssenariysini tuzishda va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada, O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining tadbirlar dasturini amalga oshirishda o‘ziga xos manba sifatida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
milliy tadbirkorlikning ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy sohalarni rivojlantirishdagi hissasini oshirishda uning funksional va regulyativ-baholovchi mezonlari insonlarni “boqimandalik”, “loqaydlik”, “beparvolik” kabi illatlardan qutqarishning eng ta’sirchan mexanizmlaridan biri ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali”da 2022 yil iyul-sentyabr oylarida efirga uzatilgan “Munosabat”, “Munozara maydoni” kabi tok-shoularning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 23 dekabrdagi 01-02-2133-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirishda va ishbilarmon tadbirkorlar mas’uliyatini oshirishning nazariy va amaliy masalalari yoritib berish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.