Babajanov Sarvarbek Bekpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoatchilik nazoratini ta’minlashning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal640.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isoxanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Nabiyev Farhod Hamidovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoatchilik nazoratini ta’minlashning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, uning ta’sirchan targ‘ibot texnologiyasini yaratish bo‘yicha konstruktiv taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari imkoniyatlarini asoslashda ijtimoiy kategoriyalar (jamoatchilik eshituvi, muhokamasi, monitoringi) o‘rtasidagi korrelyasion (o‘zaro ta’sir kuchi) aloqadorlikning miqdor va sifat o‘zgarishlari dalillangan;
jamoatchilik nazorati samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining funksional aloqadorlik, baholash va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati mantiqiy isbotlangan;
jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatini tashkillashtirish va boshqarishning strategik istiqbollari jamoatchilik eshituvi, muhokamasi, monitoringi amalga oshirish usullari imkoniyatlarini aniqlash orqali argumentlashtirilib falsafiy jihatdan asoslangan;
loqaydlik, beparvolik, korrupsion tizim, urug‘-aymoqchilik kabi destruktiv omillarga qarshi jamoatchilik nazoratining qonuniylik, odillik, javobgarlikning muqarrarligi kabi huquqiy tamoyillarini qo‘llash mexanizmlarining zamonaviy pragmatik atributlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalga oshirish institutsional tizim subyektlari faoliyatini yanada takomillashtirishni asoslovchi pragmatik tadqiqot natijalari asosida:
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari imkoniyatlarini asoslashda ijtimoiy kategoriyalar (jamoatchilik eshituvi, muhokamasi, monitoringi) o‘rtasidagi korrelyasion (o‘zaro ta’sir kuchi) aloqadorlikning miqdor va sifat o‘zgarishlari dalillanganligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilga mana’aviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar dasturining II yo‘nalishiga oid “Yangi O‘zbekiston uchinchi renessans sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishda “Viloyat, tuman (shahar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari raislariga joylarda soha samaradorligini oshirishga oid amaliy ko‘mak berish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 13 iyundagi 142-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan aholi orasida sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar o‘tkazish va natijalar asosida manzilli ishlarni tashkil etishda ilmiy-nazariy manba sifatida xazmat qilgan;
jamoatchilik nazorati samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining funksional aloqadorlik, baholash va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyatiga oid ilmiy xulosalari, taklif-tavsiyalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining biznes vakillarining ehtiyojlari va talablarini o‘rganish uchun ochiq muzokaralar o‘tkazichni yanada yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy dastur loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2022 yil 16 iyundagi 03-08-201-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Yuksalish” umummilliy harakatining davlat dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida ijro etilishi, ijobiy va salbiy natijalarni o‘rganishi, amalga oshirilgan ishlarning sifatini baholashi, davlat organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborotlarni tahlil etish, ma’lumotlarni umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni Prezident adminstratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishda ilmiy-nazariy manba sifatida xazmat qilgan;
jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatini tashkillashtirish va boshqarishning strategik istiqbollari jamoatchilik eshituvi, muhokamasi, monitoringi amalga oshirish usullari imkoniyatlarini aniqlashga hamda loqaydlik, beparvolik, korrupsion tizim, urug‘-aymoqchilik kabi destruktiv omillarga qarshi jamoatchilik nazoratining qonuniylik, odillik, javobgarlikning muqarrarligi kabi huquqiy tamoyillarini qo‘llash mexanizmlarining zamonaviy pragmatik atributlari aniqlashtirilganligiga doir ilmiy xulosalar, taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi tamonidan uzatilgan “Xalq qabulxonalarida”, “Kun mavzusi”, “Millat va ma’naviyat” nomli radioeshittirishlar dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 2 iyundagi 04-36-791-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatning har bir a’zosida mamlakatimiz hayotida kuzatilayotgan o‘zgarishlarga ongli munosabatda bo‘lish, ijtimoiy sohada faol ishtirok etish (jamoatchilik nazoratini amalga oshirish) ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan.