Zakirova Umida Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat motiviga ko‘ra qilmishni kvalifikatsiya qilishning nazariy va amaliy muammolari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu311.
Ilmiy rahbar: Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xasanov Temur Xalmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi jinoyat motivining qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi jinoyat-huquqiy muammolarning yechimini topish, jinoyat motiviga ko‘ra jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga va jazo tayinlashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish jinoyatini g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni differensiatsiya qilish lozimligi asoslantirilgan;
g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ularni qiynoqqa solish yoki ularga azob berishda ifodalangan qilmishlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash lozimligi asoslantirilgan;
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash zarurligi asoslantirilgan;
isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari bo‘yicha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash chog‘ida g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va o‘zga buzib ko‘rsatishlarda namoyon bo‘ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi) uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi asoslantirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat motivining qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi nazariy va amaliy muammolari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish jinoyatining og‘irlashtiruvchi holatlarda g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
1412-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 5 yanvardagi 06/1-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyatlarni motiviga ko‘ra to‘g‘ri va aniq kvalifikatsiya qilishga, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan adolatli jazo tayinlashga va sud hukmlari sifatini oshirishga xizmat qilgan;
hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi birinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 
5 yanvardagi 06/1-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olishga xizmat qilgan;
hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2021-moddasi birinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 5 yanvardagi 06/1-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyatlarni motiviga ko‘ra to‘g‘ri va aniq kvalifikatsiya qilishga, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan adolatli jazo tayinlashga va sud hukmlari sifatini oshirishga xizmat qilgan; 
isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari bo‘yicha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash chog‘ida g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va o‘zga buzib ko‘rsatishlarda namoyon bo‘ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
2301-moddasi birinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 
2022 yil 3 noyabrdagi 06-13/56-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyatni subyektiv tomonini to‘g‘ri aniqlashga 
va qilimishni motiviga ko‘ra to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish