Sattorov Alisher Yarashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Jinoyat protsessida reabilitatsiya institutini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Yu362.
Ilmiy rahbar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Tulaganova Gulchehra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Dovudova Dilzoda Sulaymanovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida reabilitatsiya institutini amalga oshirish mexanizmlarini hamda jinoyat-protsessual qonunchiliginining tegishli normalarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatilishiga sabab bo‘lishi jinoyat-protsessual qonunchilikda aks etishi zarurligi asoslangan;
sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli sudlanuvchi oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ishning prokurorga yuborilishining ko‘rsatilishi zarurligi asoslangan;
birinchi instansiya sudining oqlov hukmi faqat prokurorning protestiga ko‘ra yoki jabrlanuvchining, uning vakilining sudlanuvchining oqlanishi qonunga xilof ekanligi va asossizligi haqidagi shikoyatiga ko‘ra bekor qilinishi mumkinligi asoslangan;
birinchi instansiya sudining oqlov hukmi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan faqat ayblov hukmi chiqarilgandagina bekor qilinishi mumkinligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat protsessida jabrlanuvchining huquq va manfaatlarini muhofaza qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatishga sabab bo‘lishini jinoyat-protsessual qonunchiligida aks ettirish zarurligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi O‘RQ–664-sonli «Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasi 25-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 dekabrdagi 06/1-05/6541-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi jinoyat protsessida jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatish asoslarini takomillashtirishga va o‘ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan sudlanuvchilarning buzilgan huquqlari qayta tiklanishiga xizmat qilgan;
sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli sudlanuvchi oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishini ko‘rsatish zarurligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi O‘RQ–664-sonli «Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasi 31-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 dekabrdagi 06/1-05/6541-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi oqlov hukmi chiqarilgan jinoyat ishlari yuzasidan, mazkur jinoyatni haqiqiy sodir etgan shaxs javobgarligining muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilgan;
birinchi instansiya sudining oqlov hukmi faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining sudlanuvchining oqlanishi qonunga xilofligi va asossizligi borasida berilgan shikoyati bo‘yicha bekor qilinishi mumkinligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi O‘RQ–664-sonli «Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasi 37-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 dekabrdagi 06/1-05/6541-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi oqlov hukmini qayta ko‘rib chiqish asoslarini cheklash va oqlangan shaxs huquqlarining kafolatlanishiga xizmat qilgan;
birinchi instansiya sudining oqlov hukmi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan faqat ayblov hukmi chiqarilganidagina holda bekor qilinishi mumkinligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil
12 yanvardagi O‘RQ–664-sonli «Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasi 37-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 dekabrdagi 06/1-05/6541-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi oqlov hukmi bekor qilinishi protsessual shaklini belgilash orqali oqlangan shaxs huquqlarining kafolatlanishiga xizmat qilgan.