Muhsimov Davron Tulkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tasavvuf ta’limotining insonparvarlik mohiyati va uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal805.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Namozov Bobir Bahriyevich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Soyimnazar, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abu Bakr Kalobodiyning “At-ta’aruf”, “Bahrul-favoid” Xoja Muhammad Porsoning “Faslul-xitob”, “Risolai qudsiya” asarlari asosida tasavvuf ta’limotining insonparvarlik mohiyati hamda uning yoshlar axloqiy tarbiyasidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Bakr Kalobodiyning “at-Ta’arruf” asaridagi “iysor”, “firosat”, “faqr” “basor” tushunchalari vositasida tasavvufda insonparvarlik tamoyillarining boyitilganligi ochib berilgan;
Xoja Muhammad Porsoning “Fasl al-xitob” asarida isnonparvarlik g‘oyalari “futuvvat” (“nafs yomonliklaridan sof bo‘lgan qalb maqomi”, “avf”, “sulh”, “marhamat”) xususidagi falsafiy-diniy qarashlari vositasida asoslangan;
Abu Bakr Kalobodiyning “Bahr al-favoid” asaridagi “ilohiy muhabbat” konsepsiyasining hozirgi zamon yoshlarini insonparvarlik ruhidagi tarbiyasiga ta’siri “yaratuvchi va inson”, “inson va olam”, “ inson va jamiyat” tamoyillari asosida ochib berilgan;
Xoja Muhammad Porsoning “Faslul-xitob” asarida ilgari surilgan “Komil inson” konsepsiyasi islom falsafasining “Haqiqati Muhammadiya” g‘oyasiga hamohang bo‘lib, insonning ikki olam saodatiga erishishi hamda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda substansional asosga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tasavvuf ta’limotining insonparvarlik mohiyati va uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tasavvuf ta’limotining genezisi, uning insonparvar maqsadlarga yo‘naltirilgan g‘oyalarining falsafiy-irfoniy jihatdan boyitilganligi Abu Bakr Kalobodiyning “at-ta’arruf” asaridagi inson, “iysor”, “firosat”, “faqr” “basor” tushunchalari mohiyatiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi xodimlarini xabardor qilish va ishda istifoda qilingan qo‘lyozma manbalar haqidagi ma’lumotlardan markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2022-yil 25-oktyabrdagi 794-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolar ongida mintaqamizga xos tasavvuf ta’limotlarining jamiyat ma’naviy hayotidagi ta’siri va uning insonparvarlik g‘oyalari to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
Xoja Muhammad Porsoning “Faslul-xitob” asaridagi tasavvufning insonparvarlik mohiyati “futuvvat” (“nafs yomonliklaridan sof bo‘lgan qalb maqomi”, “avf”, “sulh”, “marhamat”) xususidagi konsepsiyalarining boshqa falsafiy antropologik ta’limotlar bilan o‘zaro dialektik aloqadorligi doir ilmiy nazariy taklif va tavsiyalaridan Buxoro Mir Arab Oliy madrasasi yuqori kurs talabalari uchun “Tasavvuf saboqlari” o‘quv qo‘llanmasini, shuningdek, Buxorodagi Yetti Pir tarixiga oid eksponatlar va stendlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2022-yil 26-oktyabrdagi 02-03/8277-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda tasavvuf nazariyasi, uning ilm hikmat va ma’rifatga asoslangan insonparvar g‘oyalari ma’rifiy dunyoqarashni shakllantirishga hamda falsafiy mushohadasini kengaytirishga xizmat qilgan;
Xoja Muhammad Porsoning inson borlig‘idagi tabiat (modda), ma’naviy (qalb, nafs, husni xulq) inson mohiyatining asosi ekanligi g‘oyasi va ularning o‘zaro deterministik ta’siri doir ilmiy-nazariy xulosalari, taklif va tavsiyalaridan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Xoja Muhammad Porso kutubxonasiga doir qo‘lyozmalar katalogini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 25-oktyabrdagi 02/569-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodda islom dini va tasavvuf to‘g‘risida, tasavvufning insonparvarlik mohiyati, hamda din niqobi ostidagi buzg‘unchi diniy-ekstremistik oqimlarning sof islomdan yiroq ekanligi borasida bilimlarining shakllanishiga xizmat qilgan;
Muhammad Porsoning “Faslul-xitob” asaridagi ilm, ma’rifatli bo‘lish, saodat belgilari, ikki olam saodatiga erishish, “Komil inson” konsepsiyasi islom falsafasining “Haqiqati Muhammadiya” g‘oyasiga hamohang ekanligi singari komillikka undovchi g‘oyalari inson qadrini ulug‘lash hamda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalaridan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi huzuridagi xalqaro Imom Moturidiy ilmiy tadqiqot markazining 2022-yil 2-noyabrdagi 01/184-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikda yurtimiz tasavvuf tarixi, tariqatlar hamda ular namoyandalarining tasavvufiy-axloqiy qarashlari, tasavvufning bugungi yosh avlod tarbiyasidagi amaliy ahamiyati haqidagi tushunchalarning shakllanishiga imkon yaratgan.