Zoxidov Odil Umirzokovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
1.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konchilik korxonalarida asinxron generatorli mikro GES asosida avtonom elektr ta’minoti tizimini ishlab chiqish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3139.
Ilmiy rahbar: Qarshibaev Asqarbek Ilashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:
Aripov Nazirjon Mukaramovich - texnika fanlari doktori, professor.
Xalikov Solixjon Subxonovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konchilik korxonalari sharoitida asinxron generatorli mikro GES qurilmasi asosida avtonom elektr ta’minoti tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asinxron generatorli mikro GES qurilmasining suv oqimi parametrlari o‘zgarishi asosida ishlab chiqaradigan elektr energiya quvvatini hisoblashning takomillashtirilgan matematik modeli ishlab chiqilgan;
zamonaviy dasturiy ta’minot asosida asinxron generatorli mikro GES qurilmasining nominal kattaliklarini aniqlash imkonini beruvchi imitatsion va takomillashtirilgan fizik modellari ishlab chiqilgan;
mikro GES qurilmasi ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini barqaror qiymatini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan boshqarish sxemasi mikrokontrollyorli kondensatorlar blogi asosida ishlab chiqilgan;
konchilik korxonalarida matematik hisoblashlar va ishonchlilik nazariyalari asosida mikro GES qurilmasi yordamida elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirish imkonini beruvchi usul ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Muqobil energiya manbalari asosida faza rotorli asinxron generatorli mikro gidroelektrstansiyaning elektr tizimlarini yaratish hisobiga elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish haqidagi ma’lumotlar tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muqobil energiya manbalari asosidagi faza rotorli asinxron generotorli mikro GES qurilmasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ, Shimoliy kon boshqarmasi, 3-sonli gidrometallurgiya zavodiga texnik va ichimlik suvi etkazib beruvchi quvurlaridagi erkin suv oqimlari ob’ektida joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 20 sentyabrdagi 23.01-01-07/606-son ma’lumotnomasi). Natijada, GMZ-3 zavodi tarkibidagi bosimli suv zahira hovuzi ob’ektida joylashgan elektr uskunalarining yillik elektr energiya sarfini 5,3 % ga tejash imkonini bergan;
faza rotorli asinxron generatorli mikro GES qurilmasining takomillashtirilgan sxemasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 3-sonli gidrometallurgiya zavodiga texnik suv etkazib beruvchi quvurida joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 20 sentyabrdagi 23.01-01-07/606-son ma’lumotnomasi). Natijada, faza rotorli asinxron generatorli mikro GES qurilmasi yordamida ishlab chiqilgan elektr energiya hisobiga yillik 78 840 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
“Konchilik korxonalarida muqobil energiya manbalari asosida elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirish usullari” deb nomlangan uslubiy ko‘rsatmasi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti”da “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasining 5312200 “Konchilik elektr mexanikasi” va 5320300 “Texnologik mashinalar va jihozlar (konchilik)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv jarayonida “Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish” fani amaliyot va tajriba mashg‘ulotlarini bajarishda metodik qo‘llanma sifatida o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan (“Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining 2023 yil 7 fevralidagi 07/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan metodik qo‘llanma talabalarni tajriba va amaliy mashg‘ulotlarini bajarish uchun qimmatli va kerakli ma’lumotlarga boy bo‘lib, metodik qo‘llanmadan kerakli bilim ko‘nikmalar olishi uchun yangi o‘quv adabiyoti yaratilgan.