Yunusova Manzuraxon Pazliddinovnaning 
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda mahalla tizimi transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fal604.
Ilmiy maslahatchi: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, proofessor; Yunusov Kamoliddin Abzalovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi mahalla tizimi transformatsiyasining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, uni ijtimoiy taraqqiyotga yo‘naltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy taraqqiyot natijasida mahalla funksiyalarning o‘zgarib borgani uning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi ahamiyatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan;
jamoatchilik nazoratining muhim sub’yekti sifatida maxallaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va umummilliy dasturlarni amalga oshirishga ta’siri fuqarolik pozisiyasi va kambag‘allikni qisqartirishda o‘rni va rolini kuchaytirish, aholining turli qatlamlari bilan ishlash imkoniyanlarini mustahkamlashiga olib kelishi ochib berilgan;
mahalladagi ma’naviy qadriyatlar transformatsiyasi natijasida tizim uchun an’anaviy bo‘lgan munosabatlarning o‘rniga iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan – ijtimoiy boshqaruv, jamoatchilik nazorati kabi yangi qadriyatlar tizimi shakllanayotgani aniqlangan;
ijtimoiy boshqaruvning yangi modyellarining joriy etilishi orqali mahalladagi fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish imkoniyatlari kengayishi, buning natijasida esa umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari kengayishi isbotlangan;
Yaponiya davlatidagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi va uning munisipalitetga doir xususiyatlari, moliyalashtirishning ilg‘or tajribalari asosida o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda mahalla tizimi transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi dissertasiya ishi natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
ijtimoiy taraqqiyot natijasida mahalla funksiyalarning o‘zgarib borgani uning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi ahamiyatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlanganiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 02-02/1119-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarining natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; 
jamoatchilik nazoratining muhim sub’yekti sifatida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va umummilliy dasturlarni amalga oshirishga ta’siri fuqarolik pozisiyasi va kambag‘allikni qisqartirishda mahallaning o‘rni va rolini kuchaytirish, aholining turli qatlamlari bilan ishlash imkoniyanlarini mustahkamlashiga olib kelishi ochib berilganiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 02-02/1119-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida xalqaro tajribani keng ko‘lamda qo‘llash va shu orqali ularning ijtimoiy maqomini yanada yuksaltirish imkoniyatini vujudga keltirgan; 
Yaponiya davlatidagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi va uning munisipalitetga doir xususiyatlari, moliyalashtirishning ilg‘or tajribalari asosida o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari ishlab chiqilganiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyati xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilayotgan tadbirlarni ilmiy jihatdan asoslashga hamda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishilarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 04-01/400-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘mita tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatda innovasion yangiliklarni qo‘llash istiqbollari vujudga kelgan;
mahalladagi ma’naviy qadriyatlar transformatsiyasi natijasida tizim uchun an’anaviy bo‘lgan munosabatlarning o‘rniga iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan – ijtimoiy boshqaruv, jamoatchilik nazorati kabi yangi qadriyatlar tizimi shakllanayotganiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasining 2023 yil 15 yanvardagi 04-10/01-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalardagi ijtimoiy vaziyatni yanada yaxshilash imkoniyati vujudga kelgan; mahalladagi ma’naviy qadriyatlar transformatsiyasi natijasida tizim uchun an’anaviy bo‘lgan munosabatlarning o‘rniga iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan – ijtimoiy boshqaruv, jamoatchilik nazorati kabi yangi qadriyatlar tizimi shakllanayotgani aniqlanganiga oid ilmiy yangiliklardan mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonida foydalanilgan.
ijtimoiy boshqaruvning yangi modyellarining joriy etilishi orqali mahalladagi fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish imkoniyatlari kengayishi, buning natijasida esa umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari kengayishi isbotlanganiga doir mulohazalardan O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi” foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023 yil 31 yanvardagi 0001-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy boshqaruv, jamoatchilik nazoratini takomillashtirish orqali umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish hamda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yanada yaxshilash imkoniyatlari kengayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish