Qambarov Abdumutal Ahadjonovichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiya sihi moyasi haqid e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘I nomi): “O‘zbekistonda ilmiy va diniy qadriyatlar transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fal65.
Ilmiy maslahatchi: To‘ychiyev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Begmatovich, falsafa fanlari doktori, professor; A’zamxo‘jayeva Saida Saidnosirovna, falsafa fanlari doktori, professor; G‘aybullayev Otabek Muhammadiyevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi O‘zbekistonning barqaror taraqqiyot bosqichida ilmiy va diniy qadriyatlar transformatsiyasining ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat yangi taraqqiyot bosqichida ilmiy va diniy qadriyatlarning intellektual tizimlar bilan integratsiyasi hamda ilm-fan va din, ilmiy hamda diniy qadriyatlar transformatsiyasining germenevtik-argumentar kabi metodologik ahamiyati va ularning aql ustuvorligi, insonparvarlik, umumiylik, jamoaviylik va hamjihatlik kabi xususiylik, inson ma’naviy-axloqiy kamoloti, milliy qadriyatlarga tayanish kabi alohidalik tamoyillari asoslangan;
ilmiy va diniy qadriyatlar uyg‘unlashuvining ratsional hamda teologik, metodologik tizimlashuvining intellektual va diniy-falsafiy ildizlari, funksional va ontologik jihatdan sabab-oqibat kategoriyasi asosidagi mohiyatining axloqiy-kreativ xarakteri ochib berilgan;
O‘zbekistonda jamiyat hayotidagi yuz berayotgan keng miqyosli ijtimoiy-ma’naviy jarayonlarni tasniflash orqali milliy merosimizdagi diniy va ilmiy ilmlar yaxlitligi, zamon va makon dialektikasini inobatga olgan holda imkoniyat va voqelik kategoriyasi asosidagi epistemologik jihatdan o‘zaro deterministik ta’sirda ekanligi mantiqiy dalillangan; 
 “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” konsepsiyasini amalga oshirishda namoyon bo‘luvchi tolerantlik tamoyillarini islom dunyosiga transformatsiyalashda islom ma’naviyatini jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili asosida tiklash, tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda bag‘rikenglik va hamjihatlikni qaror toptirish, yoshlarni zamonaviy ilmiy bilimlar bilan qurollantirishda kasb-hunar egallashning innovatsion istiqbollari aniqlangan;
O‘zbekistonda ilmiy va diniy qadriyatlar fenomenologik mohiyati va ularni uyg‘unligini ta’minlashning bilishda haqiqatga erishish kabi epistemologik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash kabi aksiologik hamda nazariya va amaliyot birligini muvofiqlashtirish kabi praksiologik xususiyatlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat yangi taraqqiyot bosqichida ilmiy va diniy qadriyatlar transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ilmiy asosda ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
jamiyat yangi taraqqiyot bosqichida ilmiy va diniy qadriyatlarning intellektual tizimlar bilan integratsiyasi hamda ilm-fan va din, ilmiy hamda diniy qadriyatlar transformatsiyasining germenevtik-argumentar kabi metodologik ahamiyati va ularning aql ustuvorligi, insonparvarlik, umumiylik, jamoaviylik va hamjihatlik kabi xususiylik, inson ma’naviy-axloqiy kamoloti, milliy qadriyatlarga tayanish kabi alohidalik tamoyillariga doir takliflardan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyat vakilligi tomonidan 2019 yilning 26 mart – 15 aprel kunlari Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatib, imom noiblar uchun tashkil etilgan 21 kunlik malaka oshirish o‘quv dasturlaridagi “Harakatlar strategiyasi va diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun mohiyati”, “Yoshlar tarbiyasida hadislarning o‘rni va ahamiyati”, “Sog‘lom va ma’rifiy mazmunga ega bo‘lgan diniy tushunchalarning g‘arazli maqsadlarda talqin etilishi”, “Zamonaviy musulmon jamiyati va islom omili” kabi mavzulardagi dars mashg‘ulotlarining loyihalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Musulmonlar idorasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 1809-son dalolatnomasi). Natijada malaka oshirish kurslarida o‘qib, o‘z malakalarini oshirayotgan imom-xatib hamda imom noiblarida o‘zlarining ma’ruzalarini tayyorlash va uni yuqori saviyada ommaga yetkazish imkoniyati vujudga kelgan; 
ilmiy va diniy qadriyatlar uyg‘unlashuvining ratsional hamda teologik, metodologik tizimlashuvining intellektual va diniy-falsafiy ildizlari, funksional va ontologik jihatdan sabab-oqibat kategoriyasi asosidagi mohiyatining axloqiy-kreativ xarakteri, O‘zbekistonda jamiyat hayotidagi yuz berayotgan keng miqyosli ijtimoiy-ma’naviy jarayonlarni tasniflash orqali milliy merosimizdagi diniy va ilmiy ilmlar yaxlitligi, zamon va makon dialektikasini inobatga olgan holda imkoniyat va voqelik kategoriyasi asosidagi epistemologik jihatdan o‘zaro deterministik ta’sirda ekanligini mantiqiy dalillashga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarordasturining VIII bob “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar” 31-bandi “Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida turkum chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi va Farg‘ona davlat universiteti bilan hamkorlikda 2019 yil 15 may kuni Farg‘ona shahridagi Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Yoshlar ma’naviy kamolotida ilmiy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashning texnologiyalari” mavzularida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 25 sentyabrdagi 02/07-818-son dalolatnomasi). Natijada tegishli muassasalar tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari orqali yoshlar xalqimizning tarixiy madaniy merosi, an’analari, urf-odatlarini hamda millatlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-oqibat muhitini yaxshilash hamda undan oqilona foydalanishga xizmat qilgan;
“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” konsepsiyasini amalga oshirishda namoyon bo‘luvchi tolerantlik tamoyillarini islom dunyosiga transformatsiyalashda islom ma’naviyatini jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili asosida tiklash, tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda bag‘rikenglik va hamjihatlikni qaror toptirish, yoshlarni zamonaviy ilmiy bilimlar bilan qurollantirishda kasb-hunar egallashning innovatsion istiqbollariga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-163 raqamli “Demokratik islohotlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktabrdagi 89.03-4313-son dalolatnomasi). Natijada “Demokratik islohotlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi amaliy loyihani mazmunan boyitishga hamda mavzu asosida joylarda olib borilgan tadbirlar asosida yoshlar ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ilmiy va diniy qadriyatlar fenomenologik mohiyati va ularni uyg‘unligini ta’minlashning bilishda haqiqatga erishish kabi epistemologik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash kabi aksiologik hamda nazariya va amaliyot birligini muvofiqlashtirish kabi praksiologik xususiyatlariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307 sonli Qaror dasturining “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar” nomli 3-bobining “Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida: internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish; ishtirokchilarni axborot texnologiyalari yangiliklari bilan tanishtirish uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish” nomli 12 bandining ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2019-2020 yillardagi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashining tadbirlar rejasining tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 23- noyabrdagi 04-13/2784-son dalolatnomasi). Natijada Prezident qarorlarini amalga oshirish jarayonida yoshlar axloqiy madaniyatini rivojlantirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, ularda haqqoniy fikrni shakllantirishga ko‘maklashishning oqilona yechimlari topilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish