Shokirov Toxirjon Nurmamatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik: ijtimoiy falsafiy tahlil. (musiqiy meros misolida)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal577.
Ilmiy rahbar: Qambarov Abdumutal Axadjanovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Fargona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Husanov Bohodir Ergashevich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent; Baltabaeva Auda Tinaybekovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik va unda musiqiy merosning o‘rnini ijtimoiy-falsafa jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 folklor, dostonchilik, maqom san’atida o‘z aksini topgan vorisiylikning zarurati ”vorisiylik” bilan “madaniy meros” tushunchalari bir ma’no anglatuvchi tarixiy atama emasligini ijtimoiy- falsafiy jihatdan asoslangan;
ma’naviy yangilanish jarayonlari milliy madaniy merosning ajralmas qismi bo‘lgan musiqiy merosni millatning qadimiy qadriyatlari ekanligini ifoda etishini hamda musiqiy meros bilan ularni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni ijtimoiy-madaniy turmushga tayyorlashda milliy-madaniy qadriyatlarga jamiyatning yangi taraqqiyoti bosqichida yangicha munosabatni shakllantirish jarayoni aniqlangan;
ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom va barqaror ma’naviy muhitning ma’naviy taraqqiyotga ta’siri vorisiylik an’analari asosida qaror topishi hamda uning muhim komponenti sifatida yoshlar musiqiy madaniyati tizimi (folklor, dostonchilik, milliy maqom san’ati) ilmiy-ijodiy mas’uliyatning epistemologik mezoni ekanligi dalillangan;
an’anaviy musiqiy meros namunalarining (folklor, dostonchilik, maqom san’ati) jamiyat madaniy taraqqiyotiga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylikni tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
folklor, dostonchilik, maqom san’atida o‘z aksini topgan vorisiylikning zarurati ”vorisiylik” bilan “madaniy meros” tushunchalari bir ma’no anglatuvchi tarixiy atama emasligini ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslanganni kabi xulosalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasining “Tong nafasi” va “Hayot falsafasi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasining 2022 yil 6 iyundagi 02-03-103-son ma’lumotnomasi.) Natijada O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasining “Tong nafasi” va “Hayot falsafasi” ko‘rsatuvlari ssenariysi yuqori saviyada bo‘lishida, shu bilan birga yo‘qolib borayotgan ilmiy–ma’rifiy ko‘rsatuvlarni yangicha mazmun va ma’noda tashkil etilishiga hissa qo‘shgan;
ma’naviy yangilanish jarayonlari milliy madaniy merosning ajralmas qismi bo‘lgan musiqiy merosni millatning qadimiy qadriyatlari ekanligini ifoda etishini hamda musiqiy meros bilan ularni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni ijtimoiy-madaniy turmushga tayyorlashda milliy-madaniy qadriyatlarga jamiyatning yangi taraqqiyoti bosqichida yangicha munosabatni shakllantirish jarayoni aniqlanganiga oid tadqiqot natijasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 87-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona viloyati hamda tuman, shaharlarida 30 kunlik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 10 iyundagi 04-23-1705-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishda vorisiylik asosida yetib kelgan folklor, dostonchilik, maqom san’atining o‘rni aniqlanib, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda yuqori samaraga erishilgan;
ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom va barqaror ma’naviy muhitning ma’naviy taraqqiyotga ta’siri vorisiylik an’analari asosida qaror topishi hamda uning muhim komponenti sifatida yoshlar musiqiy madaniyati tizimi (folklor, dostonchilik, milliy maqom san’ati) ilmiy-ijodiy mas’uliyatning epistemologik mezoni ekanligi dalillanganiga hamda an’anaviy musiqiy meros namunalarining (folklor, dostonchilik, maqom san’ati) jamiyat madaniy taraqqiyotiga ta’siri isbotlanganiga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish buyicha chora-tadbirlar dasturining X yo‘nalishiga oid mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, shonli sanalarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish yo‘nalishi 50-bandi yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusida ma’naviyat soatlarini tashkil etishda dissertasiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar institutining 2022 yil 8 iyuldagi 194-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik tamoyillarini o‘rni va ahamiyati jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida, jumladan, musiqiy merosimiz bo‘lgan folklor, dostonchilik va maqom san’ati yo‘nalishlarida yuz berayotgan islohotlarni uyg‘un holda tahlil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish